Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga muvofiq elektrolitlarning eritmalarda sodir bo'ladigan barcha reaksiyalar ionlar orasidagi reaksiyalar hisoblanadi. U lar ionli reaksiyalar, bu reaksiyalarning tenglamalari esa ionli tenglamaiar deyiladi. Ular reaksiyalarning molekular shaklda yozilgan tenglamalariga qaraganda sodda va ancha umumiy xarakterga ega boiadi.
Reaksiyalarning ionli tenglam alarini tuzishda shunga amal qilish kerakki, kam dissotsilanadigan, kam eriydigan (cho'kmaga tushadigan) va gazsimon m oddalar molekular shaklda yoziladi. M oddaning formulasi yonida qo'yiladigan I ishora shu modda reaksiya doirasidan cho'km a holida chiqib ketishini, T ishora esa, modda reaksiya doirasidan gaz holida chiqib ketishini bildiradi. T oiiq dissotsilanadigan kuchli elektrolitlar ion holida yoziladi. Tenglamaning chap qismidagi elektr zaryadlar yig'indisi uning o'ng qismidagi elektr zaryadlar yig'indisiga teng boiishi kerak.
Eritmalarda elektrolitlar orasida sodir boiadigan istalgan reaksiyani ionli tenglamaiar bilan tasvirlash mum kin. Bunday reaksiyalar ionlarning zaryadlari o ‘zgarmasa (oksidlanish darajasi o ‘zgarmasa), u holda bu reaksiyalar ion almashinish reaksiyalari deyiladi.