Suvning dissotsilanishi. pH


Kuchsiz elektrolit b o ig an suv oz darajada H + va O H - ionlariga dissotsilanadi, bu ionlar dissotsilanmagan molekulalar bilan muvozanatda boiadi:

                                                                              H2O= H++OH-

Ionlarning konsentratsiyasi odatda 1 litrdagi ionlarning mollari bilan ifodalanadi. Suvning dissotsilanish tenglamasidan ko'rinib turibdiki, unda [H+] va [O H - ] bir xil. Bir litr suvda xona temperaturasida (22 °C) faqat 10-7 mol suv dissotsilanishi va bunda 10-7 mol/1 $ |H + ionlari va 10-7 mol/1 O H" ionlari hosil boiishi tajribada aniqlangan.

Suvdagi vodorod ionlari bilan gidroksid ionlari konsentratsiyalarining k o 'p ay tm asi suvning ion k o ‘paytm asi deyiladi (K. bilan belgilanadi). Muayyan temperatura Ke — o'zgarmas kattalik boiib, 22 °C da son jihatidan 10-14 teng:

                                                             К = [H+] [OH-] = 10-7 • 10-7 -10 -14

[H+] [OH-] ko'paytm aning o'zgarmasligi har qanday suv eritmada vodorod ionlarining konsentratsiyasi ham , gidroksid ionlarning konsentratsiyasi ham nolga teng b oiishi mum kin emasligini ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, kislota, asos yoki tuzning suvdagi har qanday eritmasi tarkibida N + ionlar ham, O H + ionlar ham boiadi, toza suv uchun [H +] — [OH"] = 10"7 mol/1. Agar unga kislota qo‘shilsa, u holda [H+]10“7 mol/1 dan katta, [OH ] esa 10“7 mol/1 dan kichik b o ia d i va aksincha, agar suvga ishqor qo'shilsa, u holda [H+] 10"7 dan kichik, [OH"]esa 10-7 mol/1 dan katta boiadi.

M anfiy daraja ko‘rsatkichli sonlarni ishlatish bilan bogliq noqulayliklarni yo‘qotish uchun vodorod ionlari konsentratsiyasini vodorod ko‘rsatkich orqali ifodalab, pH simvoli («ре-ash» deb o'qiladi) bilan belgilash qabul qilingan.

Vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan o‘nli logarifmi vodorod k o ‘rsatkich pH deyiladi:

Sxemadan ko‘rinib turibdiVi, pH qancha kichik boisa, H + ionlarning konsentratsiyasi snuncha katta, y a’ni m uhitning kislotaliligi yuqori boiadi; aksincha, pH qancha katta b o isa, H + ionlarning konsentratsiyasi shuncha kichik, ya’ni m uhitning ishqoriyligi yuqori boiadi.

Tabiatdagi va texnikadagi turli-tum an jarayonlarda pH ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Kimyo, oziq-ovqat va to ‘qimachilik sanoatlarida ham da sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ko‘pchilik ishlab chiqarish jarayonlari m uhitning m uayyan reaksiyasida, y a’ni m a iu m m uhitdagina sodir b o ia d i. Q ishloq x o ‘jaligi ekinlarining yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil olish uchun ham tuproq eritmasi muayyan boiishi zarur. Tuproq eritmasining pH qiymatiga qarab tuproqlar kuchli kislotali (pH =3 — 4), kislotali (pH =4 — 5), kuchsiz kislotali (pH =5), ishqoriy (pH = 8 — 9)

Tuproqni ohaklash yoki gipslash zarurligi eritmaning (tuzli so‘rimning) vodorod ko‘rsatkichini hisobga olib aniqlanadi; pH ning qiymatiga qarab jadvallar bo‘yicha solinadigan moddalarning miqdori aniqlanadi.

 

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan