Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi elektrolitlarning suvdagi eritmalarida boradigan juda ko‘p hodisa va jarayonlarni tushuntirib berdi. Masalan, turli xil neytrallanish reaksiyalarida

                                                                         NaOH+HCl=NaCl+H20

                                                                       K 0H + H N 03= K N 03+H20

issiqlik effekti qiymatining bir xil boiish i (57,3 kJ/m ol) H + va H O - ionlardan kam dissotsilanadigan suv molekulalarining hosil boiishi bilan izohlanadi:

Elektrolitik dissotsilanish eritm alar nazariyasining yanada rivojlanishiga va eritmalarda sodir bo'ladigan jarayonlarni o'rganishga asos bo‘ldi. Uning kimyodagi katta ahamiyati ana shundadir. Lekin bu nazariya suvsiz eritmalarda boradigan jarayonlarni tushuntirib bera olmaydi. M asalan, agar am moniy xlorid suvdagi eritmada tuz kabi bo‘lsa (N H + va CL ionlariga dissotsilanadi), u suyuqlantirilgan ammiakda kislota xossalarini namoyon qiladi — metallarni eritib, vodorod ajratib chiqaradi. Suyuq vodorod ftoridda yoki suvsiz sulfat kislotada eritilgan nitrat kislota asos sifatida ta’sir etadi. Bu dalillar elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga mos kelmaydi. Ularni kislota va asoslarning protolitik nazariyasi tushuntirib beradi, bu nazariyani 1923- yilda bir-biridan bexabar holda daniyalik olim Brensted bilan ingliz olimi Louri taklif etganlar.

Bu nazariyaga muvofiq

Berilgan reaksiyada molekula yoki ionlari protonlar ajratib chiqaradigan moddalar kislotalar deyiladi. Molekula yoki ionlari protonlarni biriktirib oladigan moddalar asoslar deyiladi. Bunday moddalarning ikkalasi ham umumiy nom bilan protolitlar deb ataladi.

Ko'rinib turibdiki, protolitik nazariya elektrolitik dissotsilanish nazariyasidagiga nisbatan kislota va asoslar doirasini kengaytirdi: ionlar ham kislota va asos bo'lishi mumkin. Bitta moddaning o'zi nima bilan reaksiyaga kirishayotganiga qarab kislota yoki asos bo'la oladi. Bu nazariya kislota va asoslar haqidagi tushuncha nisbiy ekanligini ko'rsatib' berdi va ularning o'zaro ta’sir mahsulotlarini yangi kislota va asoslar sifatida qarash lozimligini ko'rsatdi. Protolitik nazariya kislota va asoslarning zam onaviy va ancha um um iy nazariyasidir

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan