M oddalarni klassifikatsiyalash ularni o'rganishni osonlashtiradi. Birikmalar sinflarining o'ziga xos xususiyatlarini bilgan holda ular alohida vakillarining xossalarini ta’riflab berish mumkin. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlardir.
Biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tarkib topgan moddalar oksidlar deyiladi.
Deyarli barcha kimyoviy elem entlar oksidlar hosil qiladi. Hozirgi vaqtga qadar uchta elementning — nodir gazlardan neon, geliy va argonning oksidlari hali olinmagan.
Elementlar kislorodli birikmalarining alohida gruppasini peroksidlar tashkil etadi. Ular odatda kuchsiz kislota xossalarini namoyon qiladigan vodorod peroksid H20 2 ning tuzlari sifatida qaraladi. Peroksidlarda vodorod atomlari faqat boshqa elementlar atomlari bilangina emas, balki o'zaro kimyoviy bog'lanish orqali bog'langan boiadi {peroksid gruppa — О — О — ni hosil qiladi). Masalan, natriy peroksid (perokso — О —О — gruppaning nomi). Peroksidlarda elementlarning oksidlanish darajasini to'g'ri aniqlay bilish lozim. Masalan, bariy peroksid BaO, da bariyning oksidlanish darajasi +2 ga, kislorodniki — 1 ga teng.
Kimyoviy xossalariga ko'ra oksidlar uchta guruhga: asosli, kislotali va amfoter oksidlarga bo'linadi.
Asosli oksidlar. Agar oksidlarga asoslar muvofiq kelsa, bunday oksidlar asosli oksidlar deyiladi. M asalan, N a20 , CaO, FeO, NiO asosli oksidlar hisoblanadi, chunki ularga asoslar N aO H , C a(O H )2, Fe(O H )2, N i(O H )2 muvofiq keladi. Ba’zi asosli oksidlar suv bilan o'zaro ta ’sir ettirilganda asoslar hosil boiadi.
Asosli oksidlarni faqat metallar hosil qiladi
Kislotali oksidlar. Agar oksidlarga kislotalar muvofiq kelsa, bunday oksidlar kislotali deyiladi. M asalan, C 0 2, P20 5, S 0 2, S 0 3 — kislotali oksidlar, chunki ularga kislotalar — H 2C 0 3, H 3P 0 4, H 2S 0 3, H 2S 0 4 muvofiq keldi. K islotali oksidlarning ko'pchiligi suv bilan o'zaro ta’sir ettirilganda kislotalar hosil qiladi, masalan:
CO2+H 2o =H 2CO 3
K islotali oksidlarni m etallm aslar va yuqori oksidlanish darajasini nam oyon qiladigan m etallar hosil qiladi. (masalan, M n20 7 oksidga permanganat kislota H M n 0 4 muvofiq keladi).
Amfoter oksidlar. Sharoitga qarab asos yoki kislota xossalarini namoyon qiladigan, ya’ni ikki xil xossalarga ega boigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Ularga ba’zi metallarning oksidlari: ZnO, A120 3, Cr20 3 va b. kiradi
Amfoter oksidlar suv bilan bevosita birikmaydi, lekin ular kislotalar bilan ham , asoslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:
Zn0+2HC1=ZAC12+H20
ZnO+2NaOH+H2O^Na2[Zn(OH)4]
A120 3 ishqorlar yoki ishqoriy' metallarning karbonatlari bilan birga suyuqlantirilgan metaalum inatlar (suvsiz aluminatlar) hosil boiadi:
Al20 3+2Na0H=2NaA10+H20
Al20 3+Na2C 0 3=2NaAL02+ C 02
S 0 3, C120 7 xossalari ular atomlarining tuzilishiga muvofiq ravishda asoslidan (N a20 , MgO) am foter oksidlar (A120 3) orqali kislotali oksidlarga (S i0 2, P20 5, S 0 3, C120 7) qadar qonuniyat bilan o'zgaradi. Bunday o'zgarish 1 va 7 davrdan boshqa barcha davrlarning elementlari uchun to'g'ri keladi
Asosli, kislotali va am foter oksidlar tuz hosil qiluvchi oksidlar hisoblanadi, ya’ni kislota yoki asoslar bilan o'zaro ta’sir ettirilganda tuzlar hosil qiladi. Oksidlarning asos xossalarini ham , kislota xossalarini ham nam oyon qilmaydigan va tuz hosil qilmaydigan kichikroq guruhi bor. Bunday oksidlar befarq yoki indifferent oksidlar deyiladi. Ularga masalan, uglerod (II) oksid CO, azot (I) oksid N 20 , azot (II) oksid N O va kremniy (II) oksid SiO kiradi.
Oksidlarning olinishi. Oksidlar turli xil usullar bilan olinadi. Bulardan uch xil usul asosiy hisoblanadi
1. Oddiy moddaning kislorod bilan (turli xil sharoitda) bevosita birikishi.
2. M urakkab moddalarni yondirish.
3. Kislorodli birikmalarning: karbonatlar, nitratlar, gidroksidlarni qizdirilganda parchalanishi.
Kimyoviy xossalari. Oksidlarning eng muhim kimyoviy xossalari ularning kislota va asoslarga munosabati bilan bog'liq.
1. Asosli oksidlar kislotalar bilan o'zaro ta ’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi.
2, Kislotali oksidlar asoslar bilan o'zaro ta ’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi
3. Asosli va kislotali oksidlarning o ‘zaro ta ’siri natijasida tuzlar hosil bo‘ladi.