Oltingugurt (Sulfur), S - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 16, atom massasi 32,064. Tabiiy Oltingugurt 4 ta barkaror izotop 32S, 33S, 34S, 36S dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplari 3IS, 35S, 37S ham olingan. Yer poʻstining massa jihatdan 5410~2% ini tashkil qiladi. Dengiz suvida 0,08—0,09% Oltingugurt bor. Tabiatda erkin (tugʻma Oltingugurt) va birikmalar holida uchraydi. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlari, mas, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qoʻrgʻoshin yaltirogʻi yoki glenit, Cu2S — mis yaltirogʻi va h.k. Oltingugurt sulfatlar holida (angidrit CaSO4 gips CaSO4-2H2O, ogʻir shpat BaSO4, glau-ber tuzi va q.k.) ham uchraydi. Bundan tashqari, Oltingugurt kumir, slanets, neft, tabiiy gazlar, hayvon va oʻsimlik organizmlarida organik va anorganik birikmalar xrlida mavjud. Mas, oqsilda 0,8—2,4% Oltingugurt bor. Tugʻma Oltingugurt Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, MDH mamla-katlarida bir necha allotropik koʻrinishlarda uchraydi. Ulardan muhimlari romb va monoklin singoniyali Oltingugurtdir. Romb panjarali Oltingugurt sariqtusli, zichligi 2,07 g/sm³ (20°da), suyuqlanish temperaturasi 112,8°, qaynash temperaturasi 445°. Sak-kiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklin Oltingugurt prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat, zichligi 1,96 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 118,9°. Oltingugurt qizdirilsa, 112,8° da erib, sariq tusli harakatchan suyuqlikka aylanadi. 160°da qoʻngʻir tusga kirib, qovushoq boʻlib qoladi. Oltingugurt metalloidlar jumlasiga kiradi. U inert gazlar, azot, yod, platina, oltina&n tashqari deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Kis-lorodda 250°da, qavoda 360° da alangalanadi. Oltingugurt birikmalarda —2, +4 va +6 valentli. Ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan xona temperaturasida, qizdirilganda faqat metallar bilan emas, balki metallmaslar bilan ham re-aksiyaga kirishadi. Mas, ftor bilan SF6, kislorod bilan SO2 hosil qiladi. Uning vodorodli birikmasi — vodorod sulfid H2S 350°da Oltingugurt ustidan vodorod oʻtka-zib, shuningdek, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab hosil qilinadi. Oltingugurtning juda koʻp birikmalari maʼlum. Oltingugurt konlardan (tugʻma Oltingugurt holida) qazib olinadi. Shoʻrtang gaz kompleksida shu usulda guvalasimon (komovaya) Oltingugurt olinadi. Oltingugurtning 50%ga yaqini sulfat kislota, 25% ga yaqini sulfat sellyuloza, qolgan qismi rezina sanoatiga, sunʼiy tola, portlovchi moddalar ishlab chiqarishga, organik sintez va tibbiyot ehtiyojlariga sarflanadi.[1]