Anorganik birikmalarning sinflari orasidagi bog‘lanish


Oddiy moddalar, oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar orasida genetik bogianish bor, chunonchi — ular bir-biriga aylanishi mumkin. M asalan, oddiy modda b o ig an kalsiy metali kislorod bilan birikishi natijasida kalsiy oksidga aylanadi. Kalsiy oksid suv bilan o'zaro ta ’sir ettirilganda kalsiy gidroksidni hosil qiladi, bu moddaga kislota ta’sir ettirilganda tuzga aylanadi. Bu o £zgarishlarni ushbu sxema bilan tasvirlash mumkin:

                                                            Ca -> CaO C a(O H )2 -> C a S 0 4

Ishni m etallm asdan, masalan oltingugurtdan boshlab ham pirovard oqibatda xuddi shu mahsulotni olish mumkin:

                                                                     S S 0 3 -> H 2S 0 4 -> C a S 0 4

Demak, bitta tuzning o'zi turli xil yo‘llar bilan olindi.

Teskari yo‘nalish — tuzdan anorganik birikmalarning boshqa sinflariga va oddiy moddalarga o ‘tish ham mumkin. Masalan, mis sulfatdan uni ishqor bilan o ‘zaro ta ’sir ettirish orqali mis (II) gidroksidga, undan qizdirish yordamida mis (II) oksidga o ‘tish, bu oksiddan esa qizdirib turib vodorod bilan qaytarish orqali oddiy modda — mis olish mumkin:

                                                                      C u S 0 4 -» C u(O H )2 -> CuO -> Cu

Anorganik birikmalarning sinflari orasidagi bunday bog'lanish bir sinf moddalaridan boshqa sinf moddalarini olishga asoslangan bo‘lib, genetik bog'lanish deyiladi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, ko'pincha moddalar bevosita yo'l bilan emas, balki bilvosita yo‘l bilan olinadi. M asalan, mis (II) oksidni suv bilan o'zaro ta ’sir ettirish reaksiyasi orqali mis (II) gidroksid olib bo'lmaydi, chunki bunday reaksiya sodir bo'lmaydi. Bunda bilvosita yo'l tutiladi: mis (II) oksidga kislota ta’sir ettirib tuz olinadi va tuzga ishqor ta’sir ettirish yo'li bilan mis (II) gidroksid olinadi.

 

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan