Elektroliz ancha keng ko'lam da qo'llaniladi. Metall buyumlarni korroziyalashdan muhofaza qilish uchun ularning sirtiga boshqa metallning — xrom, kumush, oltin, mis, nikel va h.k. juda yupqa qatlami qoplanadi. Ba’zan ko'p qatlamli qoplama ham qilinadi. Masalan, avtomobillarning tashqi detallariga dastlab yupqa mis qatlami, misning ustidan yupqa nikel qatlami, nikel ustidan esa xrom qatlami qoplanadi.
M etallar sirtiga elektroliz yo‘li bilan qoplangan qoplamlar qalinligi bir xil, puxta bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qiladi; bundan tashqari, bu usul bilan istalgan shakldagi buyumni qoplash m um kin. Amaliy elektrokimyoning bu tarm og‘i galvanostegiya deyiladi. Galvanik qoplamlar korroziyalanishdan saqlashdan tashqari ba’zan buyumlarga chiroyli tashqi ko‘rinish baxsh etadi.
Elektrokimyoning mohiyati jihatidan galvanostegiyaga yaqin yana bir tarm og'i galvanoplastika deyiladi. Bu turli xil buyumlardan aniq metall nusxalar olishdir. Nusxasini tayyorlash talab etilayotgan buyum mum bilan qoplanadi, mum qotiriladi va mumli matritsa olinadi; unda nusxa olinayotgan buyumning barcha chuqur joylari qavariq bo iib chiqadi. M atritsaning ichki yuzasi elektr tokini o ‘tkazadigan grafitning yupqa qatlami bilan qoplanadi. Bu grafitli katod mis sulfat eritmasi solingan vannaga botiriladi; anod sifatida mis xizmat qiladi. Elektroliz vaqtida mis anod eriydi, katodga esa mis o ‘tiradi. Shunday qilib, buyumning aniq yupqa mis nusxasi olinadi. Galvanoplastika yordam ida bosm axona klishelari, grammplastinkalar tayyorlanadi, turli xil buyumlar metallashtiriladi. Galvanoplastikani rus olimi B.S.Yakobi kashf etgan (1838).
Elektrolizdan k o ‘pchilik m etallarni — ishqoriy m etallar, ishqoriy-yer metallari, aluminiy, lantanoidlar va b. olish uchun, shuningdek, ba’zi m etallarni aralashm alardan tozalash uchun foydalaniladi.
Keyinchalik kimyoni o ‘rganish davomida siz elektrolizdan texnikada, sanoat va turm ushda foydalaniladigan boshqa muhim sohalarini ham uchratasiz.