Suv — vodorodning oksidi — eng ko'p tarqalgan va muhim moddalardan biridir. Yerning suv egallagan sathi qumqlik sathidan 2,5 marta katta. Tabiatda toza (sof) suv yo'q — uning tarkibida doimo qo'shim chalar boiadi. Toza suv haydash y o ii bilan olinadi.
Haydalgan suv distillangan suv deyiladi. Suvning tarkibida (massa jihatidan): 11,19% vodorod va 88,81% kislorod mavjud.
Fizik xossalari. Toza suv shaffof, hidsiz va ta’msiz boiadi. Uning zichligi 4 °C da eng katta (1 g/sm 3) boiadi. Muzning zichligi suvning zichligidan kam, shu sababli muz suv yuziga qalqib chiqadi. Suv 0°C da muzlaydi va 101 325 Pa bosimda 100 °C da qaynaydi. U issiqlikni yaxshi o'tkazmaydi va elektr tokini juda yomon o'tkazadi. Suv — yaxshi erituvchi.
Suvning molekulasi burchak shaklida b o ia d i (3.3- rasmga q.) vodorod atomlari kislorod atomlariga nisbatan 104,5 °C ga teng burchak hosil qiladi. Shu sababli suv m olekulasi — d ipol molekulaning vodorod turgan qismi musbat, kislorod turgan qismi esa — manfiy zaryadlangan. Suv molekulalari qutbliligi tufayli unda elektrolitlar ionlarga dissotsilanadi.
Suyuq suvda odatdagi m olekulalari bilan bir qatorda assotsilangan, ya’ni vodorod bogianishlar hosil b oiishi tufayli o'zaro birikib ancha murakkab agregatlar (H.,0)^ hosil qilgan molekulalar ham boiadi. Suvning fizik xossalaridagi anomaliya (nonormallik): 4 °C da zichligini eng yuqori boiishi, qaynash temperaturasining yuqoriligi (H 20 — H 2S — H 2Se — H 2T e qatorda), issiqlik sig'imining juda kattaligi [14,18 J/g-K] uning molekulalari orasida vodorod bogianishlar borligi bilan tushuntiriladi. Tem peratura ko'tarilishi bilan vodorod bogianishlar uzila boshlaydi va suv bug' holatiga o'tganda bunday bogianishlarning hammasi uziladi.
Kimyoviy xossalari. Suv — reaksiyaga ancha yaxshi kirishuvchan modda. U odatdagi sharoitda ko'pchilik asosli va kislotali oksidlar, shuningdek, ishqoriy m etallar va ishqoriy-yer m etallar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:
H20+N a20=2N a0H 2H20+Li=2Li0H+H/T
H20 + S 0 2=H2S 03 2H20+Ca=Ca(0H )2+H2t
Suvning muhim kimyoviy xossalari qatoriga uning gidrolitik parchalanish reaksiyalariga kirisha olish xususiyati kiradi.