Elementlar kimyosini gruppachalar bo'yicha qarab chiqishda davriy qonun va D.L Mendeleyev elementlar davriy sistemasining oldindan aytish imkon iyatidan foydalana bilish nihoyatda muhimdir. Shunda darslikdan foydalanmay turib ham elementlarning va ular birikmalarining ko'pchilik xossalarini bayon qilib berish mumkin boiadi. Masalan, elementning davriy sistemada joylashgan o'rniga qarab atomning tuzilishini — yadrosining zaryadi va tarkibini hamda elektron konfiguratsiyasini aytib berish mumkin; elektron konfiguratsiyasiga qarab esa elementning birikmalardagi oksidlanish darajasini aniqlash, odatdagi sharoitda molekula hosil bo iish mumkinligini, qattiq holdagi oddiy modda kristall panjarasining turini aniqlash mumkin. Nihoyat, shu elementlar yuqori oksidlari va gidroksidlarining formulalarini, ularning kislota-asos xossalari davriy sistemaning gorizontali va vertikali bo'ylab qanday o'zgarishini, shuningdek, turli xil binar birikmalarining formulalarini aniqlab,kimyoviy bogianishlar xarakteriga baho berish mumkin. Bularning hammasi elementlarning, oddiy m oddalar va ular birikmalarining xossalarini o'rganishni ancha osonlashtiradi. Bu ishni har qaysi gruppachaning umum iy tavsifmi ko'rib chiqishdan boshlash lozim.
Galogenlar gruppasiga ftor, xlor, brom, yod va astat kiradi (astat — radioaktiv element, kam o'rganilgan). Bular D .I.M endeleyev davriy sistemasining VII gruppasidagi p- elementlardir. Ular atomlarining tashqi energetik pog'onasida 7 tadan elektron boiadi. Ularning xossalarida umumiylik borligiga sabab ana shudir.
Ular bittadan elektronni oson biriktirib olib, — 1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Galogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida ana shunday oksidlanish darajasiga ega boiadi.
Xlor atomining 3/>pog‘ onachasida bitta juftlashmagan elektroni bor va odatdagi (qo‘zg‘almagan) holatda xlor bir valentli boiadi. Lekin xlor III davrda turganligi sababli uning 3fif-pog‘onachasida yana beshta orbital bor va ularga 10 ta elektron joylashishi mumkin.
Xlor atomining qo'zg'algan holatida elektronlar 3p- va 3spog'onachalardan 3d-pog‘onachaga o ‘tadi (sxemada strelkalar bilan ko‘rsatilgan). Bitta orbitalda turgan elektronlarning bir-biridan ajralishi (toqlashishi) valentlikni ikki birlikka oshiradi. Ravshanki, xlor va uning analoglari (ftordan tashqari) faqat toq o ‘zgaaivchan valentlik 1, 3, 5, 7 va shularga muvofiq keladigan musbat oksidlanish darajalarini namoyon qilishi mumkin. Ftorda erkin orbitallar yo‘q, demak kimyoviy reaksiyalarda uning atom ida juftlashgan elektronlarning ajralishi sodir boim aydi. Shu sababli galogenlarning xossalarini ko‘rib chiqishda ftorning va ftor birikmalarining o ‘ziga xos xususiyatlarini doimo e ’tiborga olish lozim.
G alogenlar vodorodli birikm alarining suvdagi eritm alari kislotalar hisoblanadi: H F — ftorid kislota, HC1 — xlorid kislota, HBr — bromid kislota, H J — yodid kislota.
S huni nazarda tu tish kerakki, galogenlarning um um iy - xossalari bilan bir qatorda bir-biridan farqi ham bor. Bu, ayniqsa, ftor va uning birikmalari uchun xosdir. H F — HC1 — H Br — HJ qatorda kislotalarning kuchi ortib boradi, bunga sabab H R ning (bunda R — element) bogianish energiyasi xuddi shu yo'nalishda kam ayib borishidir. Bu qatorda ftorid kislota boshqalaridan kuchsizroq, chunki qatorda H — F bogianish energiyasi eng kattadir. HG molekulasining (bunda G — galogen) puxtaligi ham xuddi shu tartibda kamayib boradi, bunga sabab yadrolararo masofaning kattalashuvidir (8.1-jadvalning 6 -punktiga q.). Kam eriydigan tuzlarning eruvchanligi AgCl — AgBr — AgJ qatorda kamayib boradi; ulardan farqli ravishda, AgF suvda yaxshi eriydi.
Boshqa galogenlarga qaraganda ftor elektronlarini mahkam tutib turadi (8.1- jadvalning 3- va 4-p), uning bitta (—1) oksidlanish darajasi bor. F tor suv bilan xlorga qaraganda boshqacharoq reaksiyaga kirishadi: suvni parchalab, vodorod ftorid, kislorod (II) ftorid, vodorod peroksid, kislorod va ozon hosil qiladi:
F2+H20= 2H F + 0 2 0 = 0 2 3 0 = 0 3
0 + F 2=F20 H20 + 0 = H 20 2
Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F —Cl—Br—J qatorda pasayib boradi. Shu sababli oldingi element keyingisini H G tipidagi (G - galogen) kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. Bu holda aktivlik qatori susaya boradi:
F2>Cl2>Br2>J2
Galogenlarning tartib raqami ortishi bilan fizik xossalari m aium qonuniyat bilan o'zgarib boradi: ftor — qiyin suyuqlanadigan gaz, xlor — oson suyuqlanadigan gaz, brom — suyuqlik, yod — qattiq modda.