Xlor


Tabiatda uchrashi. Tabiatda xlor erkin holda faqat vulqon gazlaridagina uchraydi. Uning birikmalari keng tarqalgan. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid N aCl, kaliy xlorid KC1, magniy xlorid MgCl • 6H 20 , silvinit, u N aC l bilan KC1 dan tarkib topgan, kam allit KC1 • M gCl2 • 6H20 , kainit M gS 04 • KC1 • 3H20 va b

Xlor birikmalari okean, dengiz va koilarning suvlarida boiadi. Ular o'simlik va hayvonot organizmlarida oz miqdorlarda boiadi. Xlor yer p o 'stlo g i massasining 0,05% ini tashkil etadi.

Olinishi. Laboratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga marganes (IV) oksid ta ’sir ettirish yo‘li bilan olinadi. Reaksiya qizdirilganda boradi:

                                                                           4HCl+M n02=Cl2+MnCl2+2H20

Bu oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. HC1, aniqrog‘i xloridion CL — qaytaruvchi; M nO, — oksidlovchi. Tenglamani tuzish usuda ko‘rib chiqilgan.

Oksidlovchi M n 0 2 o'm iga kaliy permanganat K M n 04 ishlatish ham mumkin. Bu holda reaksiya odatdagi temperaturada, ya’ni qizdirilmasa ham boradi:

                                                                      16HCl+2KMn04=5Cl2+2MnCl2+2KCl+8H20

Sanoatda xlor natriy xloridning konsentrlangan eritmasini elektroliz qilish yo'li bilan olinadi. Xlor anodda ajralib chiqadi. Bunda vodorod (katodda ajralib chiqadi) va natriy gidroksid (eritmada qoladi) ham hosil bo'ladi.

Suyuqlikka aylantirilgan xlor (xona temperaturasida 600 kPa bosim da suyuqlikka aylanadi) po'lat ballonlarda saqlanadi va ishlatilish joyiga shu holda tashiladi.

Fizik xossalari. Xlor — sarg'ish-yashil rangli o'tkir hidli zaharli gaz. Havodan 2,5 marta og'ir. 20 °C da 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi.

Xlorning suvdagi eritmasi xlorli suv deyiladi. Xlor organik erituvchilarda yaxshi eriydi.

Xlor nafas yoilarini yalligiantiradi, ko'p miqdorda xlor bilan nafas olib bo'g'ilish oiim ga olib kelishi mumkin.

Tabiiy xlor tarkibida ikkita izotop ,75Cl (75,4% )va^C l (24,6%) bo'ladi.

Kimyoviy xossalari. Xlor molekulasi ikki atom dan tarkib topgan, unda bogianish qutbsiz kovalent.

                                                                          :Ci : Ci : yoki Cl2

Xlor metallar bilan o'zaro ta’sirlashganda kuchli oksidlovchilik xossalarini namoyon qiladi. Bunda metall atomlari elektronlarini beradi, xlor molekulalari esa ularni biriktirib oladi.

Xlor ko'pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:

                                                                              2P+3C12=2PC13

                                                                             2P+5C12=2PC15

Xlor vodorod bilan o'ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong'ida xlor bilan vodorod aralashtirilsa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin kuchli yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir boiadi:

                                                                               C12+H2=2HC1

Tekshirishlar ko'rsatishicha, bu reaksiya haqiqatda ancha murakkab ketadi. Cl2 molekulasi yorugiik kvanitini hv yutadi va atomlarga ajraladi (anorganik radikallar CL) (16.3-§ ga ham q.). Bu reaksiyani boshlab beradi (reaksiyaning dastlabki qo'zg'alishi). So'ngra u o‘z-o ‘zidan ketadi. Xlor Cl va atom-radikallaridan har biri vodorod molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda H ' va HC1 hosil boiadi. Vodorodning atom radikali H ' o ‘z navbatida Cl2 molekulasi bilan reaksiyaga kirishib, HC1 ham da CL hosil qiladi va h. Buni sxema tarzida yaqqol tasvirlash mumkin:

                                                                                   С12+йу=СГ+СГ

                                                                                    Н+С12=НС1+СГ vah

                                                                                       C1+H=HC1+H

Dastlabki qo'zg'atish ketm a-ket sodir boiadigan reaksiyalar zanjirini vujudga keltirdi. Bunday reaksiyalar zanjir reaksiyalar deyiladi. Xlorning vodorod bilan zanjir reaksiyasi oqibatida vodorod xlorid olinadi.

N.N.Sem yonov zanjir reaksiyalar juda tarqalganligini va erkin atom lar yoki atom gruppalari — radikallar hosil b o iib , keyin ular o'zaro reaksiyaga kirishishini aniqladi. Bunday reaksiyalar k o 'p ch ilik m uhim kim yoviy jarayonlarda (yonish, portlash, polimerlanish jarayonlari va b.) katta rol o'ynaydi.

Agar, masalan, Kipp apparatidan chiqayotgan vodorod oqimi o 't oldirilsa va u xlorli bankaga tushirilsa, bunda vodorod havorang alanga berib yonib, vodorod xlorid hosil qiladi.

Xlor organik birikmalardan vodorodni tortib oladi, uglerod esa erkin holda qoladi. Shu sababli skipidar, parafin kabi moddalar xlorda yonadi va ko‘p m iqdorda qurum ham da vodorod xlorid hosil qiladi.

Gipoxlorid kislota— kuchli oksidlovchi.Xlorning namlik(suv) ishtirokida oqartirish xossasi borligi ana shu kislota hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Quruq xlor oqartiruvchi boim aydi.

X lor kislorod, azot va k o 'm ir bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita y o i bilan olinadi). Namlik yo'g'ida xlor tem ir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu hoi xlorni p o ia t ballon va sisternalarda saqlashga imkon beradi.

Ishlatilishi. Xlor ichim lik suvini zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog'oz massalami oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko'p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor boiadigan turli xil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan