Vodorod xlorid va xlorid kislota


Vodorod xlorid — xlorning eng m uhim birikmalaridan biri. Bu o'tkir hidli rangsiz gaz. U bilan nafas olinganida nafas yoilarini yallig'rantiradi va bo'g'adi. Havodan 1,3 m arta og'ir. N am havoda «tutaydi», ya’ni havodagi suv b u g iari bilan birikib, mayda tum an tom chilarini hosil qiladi. 0 °C da bir hajm suvda 500 hajmga yaqin vodorod xlorid eriydi. Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi.

Laboratoriya sharoitida vodorod xlorid natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislota bilan o'zaro ta ’sir ettirib olinadi. Bunda vodorod xlorid va nordon tuz (natriy gidrosulfat) hosil boiadi:

                                                                                    NaCl+H2S04=H Clt+N aH S04

Ilgari ko'rsatib o'tilganidek, vodorod xloridni vodorodni xlorda yondirish y o ii bilan ham olish mumkin:

                                                                                                      H2C1=2HC1

S a n о a t d a xlorid kislota olish usullari ana shu reaksiyalarga asoslangan. NaCl bilan konsentrlangan H 2S 0 4 orasidagi o'zaro ta’sir reaksiyasiga asoslangan usul sulfatli usul deyiladi; vodorodning xlorda yonish reaksiyasiga asoslangan usul sintetik usul deyiladi.

Ikkala holda ham da olingan vodorod xlorid maxsus yuttirish minoralarida suvga yuttiriladi. Gaz suvda ancha to iiq erishi uchun gaz bilan suv bir-biriga qaram a-qarshi harakat qiladi (gaz pastdan yuqoriga, suv yuqoridan pastga)

Xlorid kislota — rangsiz suyuqlik. Konsentrlangani tarkibida 37% gacha vodorod xlorid boiadi va nam havoda «tutaydi». U kuchli kislota boigani uchun kislotalarning barcha xossalariga ega. Ko'pchilik metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba’zi tuzlar ham da gazlar xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishadi.

Xlorid kislota o'zining tuzlarini (bariy xlorid, rux xlorid va b.) olishda, metallarni dorilashda, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Undan barcha kimyo laboratoriyalarida reagent sifatida foydalaniladi.

Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi hamda tashiladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan