Xlorid kislotaning tuzlari


Quyida xlorid kislotaning eng muhim tuzlari tavsiflab berilgan. Natriy xlorid (boshqa nomlari: toshtuz, osh tuzi, galit) N aCl ovqatga solinadi, natriy gidroksid, xlor, xlorid kislota, soda va b. olishda xomashyo sifatida ishlatiladi; oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi.

Kaliy xlorid KC1 — qimmatli kaliyli o ‘g‘it

R u x xlorid Z n C l2 dan yog‘ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun foydalaniladi; kavsharlashda metall sirtini h o ‘Hash uchun ishlatiladi (bunda metall sirtidagi oksid parda yo‘qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi); ZnCl, • яН 20 tarkibli kristallgidratlari m a’lum.

Bariy xlorid BaCl2 — zaharli modda, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga (qand lavlagi, uzuntumshuq qo'ng'izi, o ‘tloq kapalagi va b.) qarshi kurashda ishlatiladi.

Kalsiy xlorid CaCl2 (suvsiz) — gazlarni quritishda (bunda tuzning kristallgidrati CaCl2 • 6H 20 hosil bo'ladi) va tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi.

Aluminiy xlorid A1C13 (suvsiz) ko'pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi.

S i m o b (II) xlorid, boshqacha aytganda sulema HgCl, — kuchli zahar; bu tuzning juda suyultirilgan eritmalari kuchli ta’sir etuvchi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi; urug‘larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda ham foydalaniladi.

Kumush xlorid AgCl — kam eriydigan tuz, fotografiyada foydalaniladi.

Xlorid-ionga sifat reaksiya. Xlorid kislotaning ko'pchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi. Amalda erimaydiganlari kumush xlorid AgCl, simob (I) xlorid Hg2Cl2 va mis (I) xlorid CuCl. Q o'rg'oshin (II) xlorid PbC l2 kam eriydi, lekin qaynoq suvda yaxshi eriydi. Xloridlarning bu xossalaridan sifat analizida foydalaniladi.

Kumush nitrat xlorid kislota va uning tuzlariga reagent hisoblanadi, aniqrog'i kumush ioni — xlorid ionga reagent. Bu degan .so'z, agar xlorid kislotaga yoki tarkibida xlorid-ion Cl" bor tuz eritmasiga tarkibida kumush ioni Ag+ bor tuz eritmasidan qo'shilsa, kumush xlorid AgCl ning nitrat kislotada erimaydigan oq suzmasimon cho'km asi tushadi, demakdir. Ana shu alomatiga qarab eritmadan xlorid-ion borligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan