Ftor — zaharli och yashil gaz. Uning molekulasi ikki atomli va qutbsiz kovalent bog'lanish orqali hosil boigan (F2). Ftor suyuqlantirilgan birikmalarini elektroliz qilish yo'li bilan olinadi. U kuchli oksidlovchi, hatto ayrim nodir gazlarni ham oksidlaydi.
2F2+Xe=XeF4
U faqat geliy, neon va argon bilangina bevosita kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi.
Ftorning kimyoviy aktivligini shu bilan tushuntirish mumkinki, ftor m olekulasini parchalashga yangi b o g ia n ish la r hosil bo'lishida ajralib chiqadiganga qaraganda ancha kam energiya talab qilinadi. M asalan, ftor atomining radiusi kichik boiganligi tufayli ftor molekulasidagi bo'linm agan elektron juftlar bir-birini itaradi va F —F bog'lanishni (151 kJ/m ol) bo'shashtiradi. Shu bilan birga, ftor atom i bilan vodorod atom i orasidagi bogianish energiyasi kattadir (565 kJ/m ol).
Ftor polimer materiallar — kimyoviy barqarorligi yuqori b o igan ftoroplastlar sintez qilishda, shuningdek, raketa yoqilg'isining oksidlovchisi sifatida ishlatiladi. Ftorning ayrim birikmalaridan tibbiyotda foydalaniladi.
Vodorod ftorid suvda erib, ftorid kislota H F hosil qiladi. Bu kislotaning o'ziga xos muhim xususiyati — kremniy (IV) — oksid bilan o'zaro ta ’sirlasha olishidir;
Si02+4HF=SiF4+2H20
Shu sababli u shishani yemiradi va parafin, kauchuk, polietilen yoki qo'rg'oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. Ftorid kislota metall quymalardan qum ni yo'qotish uchun va shishaga ishlov berish uchun ishlatiladi.
Brom — og'ir qizil-qo'ng'ir suyuqlik. Brom bugiari zaharli. Brom teriga tushganida qattiq kuydiradi.
Yod — qora-gunafsha qattiq modda. Qizdirilganda gunafsha bugiar hosil qiladi, ular sovitilganda yana kristallga aylanadi. Yodning sublimatlanishi, ya’ni qattiq m oddaning suyuq holatga o'tm ay bugianishi va bugiardan kristallar hosil boiishi amalga oshadi.
Brom va yod molekulalari qutbsiz, kovalent bogianishli, ikki atomlidir: Br2 va J,. Suvda kam eriydi, bunda tegishlicha bromli va yodli suv (xlorli suvga o'xshash) hosil boiadi. Organik erituvchilarda — spirtda, benzolda, benzinda, xloroformda yaxshi eriydi.
Bromda valent elektronlar 5s25p5, yodda 6s26p5. Bundan brom bilan yod kimyoviy xossalari jihatidan xlorga o ‘xshaydi, degan xulosa kelib chiqadi, faqat reaksiyaga kirishish xususiyati xlomikidan kamroq. Ularning reaksiyaga kirishish xususiyatining (aktivligining) taqqoslanishini.
Brom bilan yod — kuchli oksidlovchilar, bu xususiyatidan moddalarni turli xil analiz va sintez qilishda foydalaniladi.
Brom bilan yodning ko'p miqdorlari dori-darm on tayyorlashga sarflanadi.