Kislorod va uning xossalari


Tabiatda uchrashi. K islorod — Yerda eng ko'p tarqalgan element. U yer po'stlog'i massasining 47,2% ini tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95% va massa jihatdan 23,15% ga teng. Kislorod suv, tog' jinslari, ko'pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yogiar va uglevodlar boiadi.

Olinishi. Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (nikel elektrodlar), bertole tuzi (kaliy xlorat)ni yoki kaliy perm anganatni qizdirib turib parchalash y o ii bilan olinadi. Kaliy xloratning parchalanishi marganes (IV) oksid M n 0 2 ishtirokida ancha tezlashadi:

                                                                              2KC103=2KC1+302T

Juda toza kislorod kaliy permanganat parchalanganda olinadi:

                                                                            2KMn04=K2M n04+ M n02+ 0 2t

S a n o a t d a kislorod suyuq havodan, shuningdek, suvni elektroliz qilishda vodorod bilan birga olinadi. Kislorod p o ia t ballonlarda 15 M Pa (megapaskal) bosim ostida saqlanadi va tashiladi.

Fizik xossalari. Kislorod — rangsiz, ta ’msiz va hidsiz gaz, havodan bir oz og'ir. Suvda kam eriydi (1 1 suvda 20 °C da 31 ml kislorod eriydi). — 183 °C temperatura va 101,325 kPa bosimda kislorod suyuq holatga o'tadi. Suyuq kislorod havorang tusli boiadi, magnit maydoniga tortiladi. Tabiiy kislorod tarkibida uchta izotop: ;60(99,76%), g70(0,04%) ва '80(0,20%) boiadi.

Kimyoviy xossalari. Tashqi elektron pog'onasini to id irish uchun kislorodga ikki elektron yetishmaydi. Kislorod ularni shiddat bilan biriktirib olib, — 2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Lekin ftor bilan hosil qilgan birikmalarida (O F2 va 0 2F 2) umumiy elektronlar jufti elektrmanfiyroq elem ent b o ig an ftorga tom on siljigan. Bu holda kislorodning oksidlanish darajasi mos ravishda + 2 va +1 ga, ftorniki esa - 1 ga teng.

Kislorod molekulasi ikki atom dan tarkib topgan 0 2. Unda kimyoviy bog'lanish — kovalent qutbsiz.

Ozon molekulasi kislorodning uchta atom idan tarkib topgan 0 ?. Ozon — bu kislorod elementining allotropik shakl o'zgarishidir. Kislorod bilan ozon bitta elementning o'zidan hosil boiganligiga qaramay, ularning xossalari turlicha bo'ladi. Ozon — o'ziga xos hidli gaz. Organik moddalarni yemiradi, ko'pchilik metallarni, shu jum ladan, oltin va platinani ham oksidlaydi. U kislorodga nisbatan kuchli oksidlovchidir. Masalan, u kaliy yodid eritmasidan yodni ajratib chiqaradi, kislorod bilan esa bunday reaksiya sodir bo'lmaydi:

                                                              2K J + 0 3°+H20 = J2° + 2K OH + 0 2

                                                                                 2J‘ - 2e = J2 1

                                                                            0 3 + 2ё = 0 2 + О2’ 1

Ozon oqartiruvchi va dezinfeksiyalovchi ta ’sirga ega.

Kislorodning eng muhim kimyoviy xossasi — deyarli barcha elementlar bilan oksidlar hosil qilish xususiyatidir (dastlabki uchta nodir gazning oksidlari olinmagan). Bunda ko'pchilik moddalar bilan kislorod bevosita, ayniqsa, qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Masalan:

                                                                                  2Ca+02=2Ca0

Kislorod galogenlar, oltin va platina bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi, ularning oksidlari bilvosita yo'llar bilan olinadi. M urakkab m oddalar muayyan sharoitlarda kislorod bilan o'zaro ta’sirlashadi. Bunda oksidlar, ayrim hollarda esa — oksidlar va oddiy moddalar hosil boiadi. Masalan:

                                                                             2C2H2+ 502=4C 02+2H20

                                                                           4NH3+ 302=6H20+2N 2 

Kislorod oksidlovchi sifatida. Nisbiy elektrmanfiyligining qiymatiga ko'ra kislorod ikkinchi element hisoblanadi (x=3,50, 2.2- jadvalga q.). Shuning uchun oddiy moddalar bilan ham, murakkab moddalar bilan ham kimyoviy reaksiyalarda u oksidlovchi boiadi, chunki elektronlami biriktirib oladi. Ikkinchi tomondan (a, b, d reaksiyalarga muvofiq), kalsiy, oksidlanish darajasi — 1 b o ig an uglerod va oksidlanish darajasi — 3 boigan azot elektronlarini beradi, shu sababli Ca, C2H 2 va N H 3 qaytaruvchilar hisoblanadi.

Yonish, zanglash, chirish va nafas olish jarayonlari kislorod ishtirokida boradi. Bular oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridir.

Kimjoviy va metalhirgiya jarayonlarini jadallashtirish. Oksidlanish jarayonlari havodagiga qaraganda kislorodda ancha jadallashadi. Buni ko'm ir, oltingugurt, p o ia t simning kislorodda yonishi kabi oddiy tajribalarda isbotlash mumkin.

Oksidlanish jarayonlarini jadallashtirish uchun odatdagi havo o 'm ig a kislorod yoki kislorodga boyitilgan havo ishlatiladi. Kisloroddan kimyo sanoatida (nitrat va sulfat kislotalar sun’iy suyuq yoqilg'i, surkov moylari va boshqa moddalar ishlab chiqarishda) oksidlanish jarayonlarini jadallashtirish uchun foydalaniladi.

Kislorod metallurgiya jarayonlarini jadallashtirishning samarali vositasidir. D om na pechiga kislorodga boyitilgan havo puflanganda alanganing tem peraturasi ancha ortadi, natijada, suyuqlanish jarayoni tezlashadi va pechning unum dorligi ortadi. P o ia t suyuqlantirishda — marten va bessemer jarayonlarida havo o'rniga to iiq yoki qisman kislorod ishlatish yanada katta samara beradi: bunda jarayonlar jadallashibgina qolmay, olinadigan poiatning sifati ham yaxshilanadi. Kislorodga boyitilgan havodan (60% gacha 0 2) rangli metallurgiyada (rux, mis va boshqa metallarning sulfidli rudalarini oksidlashda) samarali foydalanilmoqda.

Ishlatilishi. Metallurgiya sanoatida kislorodning ancha ko'p miqdori sarflanadi. Kislorod yuqori temperatura hosil qilish uchun ishlatiladi. Kislorod-asetilen alangasining temperaturasi 3500 °C ga, kislorod-vodorod alangasiniki 3000 °C ga yetadi.

Tibbiyotda kislorod bemorlaming nafas olishini yengillashtirishda (kislorodli yostiqcha va palatkalar) ishlatiladi. Nafas olish qiyin boigan atmosferada ishlarni bajarishda (yerosti va suvosti ishlarida, kosm ik parvozlar va b.) kislorodli asboblardagi kisloroddan foydalaniladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan