Argon


Argon (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom massasi 39,948, birinchi marta 1894 yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda bo‘ladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmos-ferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265 y.), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda ko‘proq uchray-di. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, ya’ni ionli va kovalent birikmalari olin-magan, ammo Ag .6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini to‘ldirishda, reklama naylarini (ko‘k-havo rang shu’lalanadi) va yuqori chasto-talar texnikasida ishlatiladigan naylarni to‘ldirishda qo‘llaniladi.[1]

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan