Oltingugurt va uning xossalari


Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U yer po'stlog'i massasining 0,05% ni tashkil etadi. Erkin holatda (yombi oltingugurt) Italiyada (Sitsiliya orolida) va AQSH da ko'p miqdorlarda uchraydi. O 'rta Osiyoda, Qrimda va boshqa hududlarda bor.

Oltingugurt ko'pincha boshqa elem entlar bilan hosil qilgan birikmalari holida uchraydi. Uning eng muhim tabiiy birikmalari metallarning sulfidlari: FeS2 — temir kolchedani, ya’ni pirit; ZnS— rux aldamasi; PbS — qo'rg'oshin yaltirogi; HgS — kinovar va b., sh u n in g d ek , su lfat k islo tan in g tu z la ri (k ristall-g id ra tlar): C a S 0 4 • 2 H 20 — g ip s, N a 2S 0 4 ’ 1 0 H 20 — g lau b er tu zi, M gS04 • 7H20 taxir tuz va b.

Oltingugurt hayvonot va o'simliklar organizmida bo'ladi, chunki oqsil m olekulalari tarkibiga kiradi. O ltingugurtning organik birikmalari neft tarkibida boiadi.

Fizik xossalari. Oltingugurt — sariq rangli, qattiq, m o'rt modda. Suvda deyarli erimaydi, lekin uglerod sulfidda, anilinda va ba’zi boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazmaydi. Oltingugurt bir necha allotropik shakl o'zgarishlar hosil qiladi.

Oltingugurt 444,6 °C da qaynab, to 'q qo‘ng‘ir rangli bugiar hosil qiladi. Agar ular tez sovitilsa, oltingugurtning mayda kristallaridan iborat mayin kukun hosil b o iad i va u oltingugurt guli deyiladi.

Kimyoviy xossalari. Oltingugurt atomining tashqi energetik pog'onasi tugallanmaganligi sababli ikkita elektronni biriktirib olishi va — 2 oksidlanish darajasini namoyon qilishi mumkin. Oltingugurt metallar ham da vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida (masalan, N a2S va H 2S da) shunday oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Elektronlar elektrmanfiyligi kuchliroq element atomiga berilganda yoki shunday atomga tortilgand.

Odatdagi sharoitda qattiq oltingugurt molekulasi halqa tarzida bir-biri bilan tutashadigan 8 atomdan tarkib topadi Sg (bunda halqada oltingugurt atomlari bir tekislikda yotmaydi). Qizdirilganda S8 halqasi uziladi. Yuqori temperaturada zanjir bo‘laklari mavjud boiadi: S2 (>900 °C), S2^± 2S(1500 °C dan yuqori). Oltingugurt bugiarida S8, S6, S4 va S2 molekulalar orasida muvozanat qaror topadi

Oltingugurtning fizik hoiati turli-tuman ekanligi uning molekulasining tuziiishi bilan tushuntiriladi. Masalan, plastik oltingugurt hosil boiishiga sabab shuki, halqa-molekulalarining bir qismi uziladi va paydo boigan zanjirchalar bir-biri bilan birikib, uzun zanjir hosil qiladi. Natijada yuqori molekular birikma — kauchukka o'xshash elastik polimer hosil boiadi.

Ishlatilishi. Oltingugurt sanoatda va qishloq xo'jaligida keng koiam da ishlatiladi. Qazib olinadigan oltingugurtning yarmiga yaqini sulfat kislota olishga sarflanadi. O ltingugurtdan kauchukni vulkanlashda foydalaniladi: bunda kauchukning puxtaligi va elastikligi ortadi. Oltingugurt guli (mayin kukun) holida oltingugurt tok va g'o'za kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. U o'q-dori, gugurt, shuialanadigan tarkiblar olish uchun ham ishlatiladi. Tibbiyotda teri kasalliklarini davolash uchun oltingugrtli surkov dorilar tayyorlanadi.

 

.

.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan