Vodorod sulfid va sulfidlar


Vodorod sulfid H 2S — palag'da tuxum hidi keladigan rangsiz gaz. U suvda yaxshi eriydi (20 °C da 1 hajm suvda 2,5 hajm vodorod sulfid eriydi).

Tabiatda uchrashi. Vodorod sulfid tabiatda vulqon gazlarida va ba’zi mineral buloq suvlarida masalan, Pyatiqorsk va Matsesta buloqlarining suvida uchraydi. U turli xil o'sim lik va hayvonot qoldiqlaridagi oltingugurtli organik m oddalar chiriganida hosil boiadi. Ba’zi oqar suvlardan, o'ralar va ahlat uyumlaridan qoiansa hid kelishiga sabab ana shudir.

Olinishi. Vodorod sulfid oltingugurtni qizdirib turib vodorod bilan bevosita biriktirish orqali olinishi mumkin:

                                                                                   S+ H = H 2S

Lekin u odatda tem ir (II) sulfidga suyultirilgan xlorid yoki sulfat kislotalar ta ’sir ettirish y o ii bilan olinadi:

                                                                                2HCl+FeS=FeCl2+H,S

Bu reaksiya ko‘pincha Kipp apparatida o£tkaziladi.

Fizik xossalari. Vodorod sulfid — asab sistemasiga zarar yetkazadigan juda zaharli gaz. Shuning uchun vodorod sulfid bilan qilinadigan ishlarni mo'rili shkafda yoki germetik berkiladigan asboblarda oikazish kerak. Ishlab chiqarish binolarida H2S ning miqdori 1 1 havoda ko‘pi bilan 0 ,0 1 mg boiishiga ruxsat etiladi.

Vodorod sulfidning suvdagi eritmasi vodorod sulfidli suv yoki sulfid kislota deyiladi (u kuchsiz kislota xossalariga ega).

Kimyoviy xossalari. H2S — suvga qaraganda beqaror birikma. Bunga sabab oltingugurt atomining oichamlari kislorod atominikiga qaraganda kattaligidir. Shu sababli H — О bogianish H — S bogianishga qaraganda qisqa va puxta boiadi. Qattiq qizdirilganda vodorod sulfid oltingugurt bilan vodorodga deyarli toiiq ajraladi:

                                                                                          H2S=S+H2

Sulfidlar. Ikki asosli kislota boigan sulfid kislota ikki qator tuzlar — o‘rta tuzlar (sulfidlar) va nordon tuzlar (gidrosulfidlar) hosil qiladi. Masalan, Na2S — natriy sulfid, NaHS — natriy gidrosulfid.

Gidrosulfidlarning deyarli hammasi suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy metallar bilan ishqoriy-yer metallarning sulfidlari ham suvda eriydi, qolgan metallarning sulfidlari suvda erimaydi yoki kam eriydi; ularning ba’zilari suyultirilgan kislotalarda ham erimaydi. Shuning uchun bunday sulfidlarni tegishli metall tuzining eritmasi orqali vodorod sulfid o‘tkazish yoii bilan olish mumkin, masalan:

                                                                                  CuS04+H2S=CuSl+H2S04

yoki

                                                                                          Cu2++H2S=CuSl+2H+

Ba’zi sulfidlarning o‘ziga xos rangi boiadi: CuS va PbS — qora, CdS — sariq, ZnS — oq, MnS — pushti, SnS — jigarrang, Sb2S3 — to‘q sariq va h. Kationlaming sifat analizi sulfidlarning eruvchanligi va ulardan ko‘pchiligining rangi turlicha ekanligiga asoslangan.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan