Oltingugurt (IV) oksid. Sulfat kislota


Oltingugurt (IV) oksid. Oltingugurt (IV) oksid rangsiz suyuqlik, 17 °C dan past temperaturada qattiq kristall massa boiib qotadi. U namlikni shiddat bilan yutib, sulfat kislota hosil qiladi:

                                                                                       S03+H20=H2S04

Shu sababli bu oksid og‘zi kavsharlab bekitilgan kolbalarda saqlanadi.

Oltingugurt (IV) oksid kislotali oksidlarning barcha xossalariga ega. U S0 2 ni oksidlash yoii bilan olinadi. Oltingugurt (IV) oksid sulfat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi. S03 molekulasi markazida oltingugurt О atomi boigan uchburchak shaklida boiadi: II Bunday tuzilish bogiovchi elektron juftlarning bir- .S. birini itarishi tufaylidir. Ularning hosil boiishida 0 0 oltingugurt atomi oltita tashqi elektronini beradi.

Sulfat kislota. Sulfat kislota olishning kontakt usuli eng katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan istalgan konsentratsiyadagi H2S04 ni, shuningdek oleum, ya’ni S03 ning H2S04 dagi eritmasini olish mumkin. Jarayon uch bosqichdan iborat boiadi: 1) S02 olish, 2) S0 2 ni oksidlab S03 ga aylantirish va 3) H2S04 olish. S02pirit FeS2ni maxsus pechlarda kuydirish yoii bilan olinadi:

                                                                    4FeS2+1102=2Fe20 3+8S02

Kuydirish jarayonini tezlashtirish uchun pirit oldindan maydalanadi, oltingugurtning toiiq yonishi uchun esa reaksiyaga zarur boigandan ko'ra ancha ko'proq havo (kislorod) qo'shiladi. Kuydirish pechidan chiqayotgan gaz oltingugurt (IV) oksid, kislorod, azot, mishyak birikmalari (kolchedandagi qo'shimchalardan) va suv bugiaridan iborat boiadi. Bu gaz kuydirish gazi deyiladi.

Kuydirish gazi yaxshilab tozalanadi, chunki uning tarkibidagi, hatto juda oz miqdordigi mishyak birikmalari, shuningdek, chang va namlik katalizatorni zaharlaydi. Gazni maxsus elektrofiltrlar va yuvish minorasi orqali o'tkazib, mishyak birikmalaridan va changdan tozalanadi; namlik quritish minorasidagi konsentrlangan sulfat kislotaga yuttiriladi. Tarkibida kislorod boigan tozalangan gaz issiqlik almashtirgichda 450 °C ga qadar qizdiriladi va kontakt apparatiga o'tadi. Kontakt apparatining ichida katalizator toidirilgan to'rsimon tokchalar boiadi.

Ilgari katalizator sifatida juda maydalangan platina metalidan foydalanilar edi. Keyinchalik uning o'rniga vanadiy birikmalari — vanadiy (V) oksid V ,05 yoki vanadil sulfat V 0S 0 4 ishlatiladigan boidi, ular platinadan arzonroq va sekin zaharlanadi. S0 2 ning S 03 ga qadar oksidlanish reaksiyasi qaytar reaksiya:

                                                                               2S02+ 0= 2S 0 2

Kuydirish gazida kislorod miqdorini ko'paytirish oltingugurt (IV) oksid hosil boiishini ko'paytiradi: uning unumi 450 °C da 95% va undan ko'p boiadi.

S 03 konsentrlangan sulfat kislotaga yuttirilganda oleum hosil boiadi. Oleumni suv qo'shib suyultirib, zaruriy konsentratsiyadagi kislotani olish mumkin. Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, oltingugurt (IV) oksidni suvga emas, konsentrlangan H2S 0 4 ga yuttirish maqsadga muvofiqdir, chunki u kontakt apparatidan purkalib chiqadi va suv bugiari bilan tuman hosil qiladi; bu tuman sulfat kislotaning tomchilaridan iborat boiadi va suvga yutilmaydi. S 03 konsentrlangan sulfat kislotaga yuttirilganda tuman hosil boimaydi. Konsentrlangan sulfat kislota temiryoilarda poiat sisternalarda tashiladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan