Azot. Sigma- va pi- bog'lanishlar


Tabiatda uchrashi. Azot tabiatda asosan erkin holatda uchraydi . Havoda hajmiy ulushi 78,09%, massa ulushi 75,6% boiadi. Oz miqdorda azot birikmalari tuproqda boiadi. Azot oqsil moddalar va ko'pchilik tabiiy organik birikmalar tarkibiga kiradi. Azotning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 0 ,0 1 %.

Olinishi. Texnikada azot suyuq havodan olinadi. Ma’lumki, havo — gazlar, asosan azot bilan kislorod aralashmasidan iborat. Yer yuzasidagi quruq havoning tarkibi (hajmiy ulushlarda): azot 78,09%, kislorod 20,95%, nodir gazlar 0,93%, uglerod (VI) oksid 0,03%, shuningdek, tasodifiy qo'shimchalar — chang, mikroorganizmlar, vodorod sulfid, oltingugurt (VI) oksid va b. Azot olish uchun havo suyuq holatga o‘tkaziladi, so'ngra bugiatish yo‘li bilan uchuvchanligi kamroq bo‘lgan kisloroddan ajratiladi (azotning qayn. temperaturasi — 195,8 °C, kislorodniki — 183 °C). Shu yoi bilan olingan azot tarkibida nodir gazlar (asosan argon) qo‘shimchalari boiadi. Sof azotni laboratoriya sharoitida ammoniy nitritni qizdirib parchalash orqali olish mumkin:

                                                                                 NH4N02=N2t+2H20

Sigma- va pi- bogianishlar. Oddiy modda boigan azotning fizikaviy va kimyoviy xossalarini tushuntirish uchun uning molekulasining tuzilishini ancha mukammal ko‘rib chiqish kerak. Azot atomi tashqi pog'onasining elektron tuzilishidan (27-§ ga q.) ko‘rinib turibdiki, uning kimyoviy bogianishlari har qaysi atomining uchta juftlashmagan p-elektronlari hisobiga amalga oshadi; porbitallar gantel shaklida boiadi va fazoviy koordinatalar o'qlari bo'ylab yo'nalgan. Bular px~, p - va p - orbitallardir. Kimyoviy bogianishlar hosil boiishi atomlar orbitallarining bir-birini qoplash natijasidir (3.1-§). Azot molekulasida uchlamchi bogianish hosil boiishini 1 0 . 1 -rasmda ko'rsatilgani kabi tasawur qilish mumkin (N2 molekulasida kimyoviy bogianish umumiy pelektronlar jufti hisobiga amalga oshadi, ularning orbitallari x, y, Z o'qlari bo'ylab yo'nalgan).

Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bogiovchi chiziq bo'ylab bir-birini qoplaganida hosil boiadigan kovalent bogianish 8 (sigma) bog‘lanish deyiladi.

Birlamchi bog'lanishlarning hammasi 5- bogianish boiadi. Qolgan py va p . orbitallar atomlarning markazlarini bogiovchi chiziqning tomonidan bir-birini qoplaydi.

Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bogiovchi chiziqning ikkala tomoni bo‘ylab bir-birini qoplaganida vujudga keladigan kovalent bogianish л (pi)- bog‘lanish deyiladi.

Fizikaviy xossalari. Azot — rangsiz, hidsiz va ta’msiz gaz, yengil. Suvda eruvchanligi kislorodnikidan kam: 20 °C da 1 1 suvda 15,4 ml azot eriydi (kislorod — 31 ml). Shu sababli suvda erigan "Я&йаэёа kislorodning azotga nisbatan miqdori atmosferadagidan ko'p boiadi. Azotning suvda kam eruvchanligiga, shuningdek, uning qaynash temperaturasi juda pastligiga sabab, azot bilan suv molekulalari orasidagi va azot molekulalari orasidagi molekulalararo o'zaro ta’sirning juda bo'shligidir.

Tabiiy azot massa sonlari 14(99,64%) va 1.5 (0,36%) boigan ikkita barqaror izotopdan tarkib topgan.

Kimyoviy xossalari. Azot molekulasi ikki atomdan iborat. Ular orasidagi bogianish oichovi juda qisqa — 0,109 nm. Uchlamchi bogianish va uning qisqaligi molekulaning puxtaligiga sabab boiadi (b o g ian ish energiyasi 964 kJ/m ol). Azotning odatdagi temperaturada reaksiyaga kam kirishuvchanligiga sabab ana shudir (0 2 va Cl2 bilan taqqoslang).

Azot atomining tashqi energetik pog'onasida 5 elektron borligi sababli azot —3 va +5, shuningdek, +4, +3, +2, +1, —1 va —2 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.

Ishlatilishi. Azot ammiak olish uchun ko‘p miqdorda ishlatiladi. Undan inert muhit hosil qilish — cho'g'lanish elektr lampalarini va simobU termometrlarda bo‘shliqlami toidirish uchun va yonuvchi suyuqliklarni bosim bilan uzatib berishda foydalaniladi. Po'lat buyumlarning sirti azotlanadi, ya’ni ularning sirtiga yuqori temperaturada azot to‘yintiriladi. Natijada sirt qatlamida temir nitridlari hosil bo‘ladi, ular po'latga qattiqlik baxsh etadi. Bunday po‘lat 5000 °C gacha qizdirilganda ham qattiqligini yo‘qotmaydi. Azot o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega, chunki u oqsil moddalar tarkibiga kiradi.

Azot birikmalari mineral o‘g‘itlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda va sanoatning boshqa ko'pgina tarmoqlarida ishlatiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan