Ammoniy tuzlari va ularning xossalari. Ammoniy tuzlari ammoniy kationi bilan kislota anionidan tarkib topgan. Ular tuziiishi jihatdan bir zaryadli metallar ionlarining tegishli tuzlariga o'xshaydi.
Ammoniy tuzlari ammiakni yoki uning suvdagi eritmalarini kislotalar bilan o'zaro ta’sir ettirib olinadi.
Masalan:
n h 3+ h n o 3= n h 4n o 3
NH3 • h 2o + h n o = n h 4n o 3+ h 2o
yoki ionli shaklda:
NH3 + H+ = NH4
NH3 + H20 + H+ = NH4 + H20
Ular tuzlarning umumiy xossalarini namoyon qiladi, ya’ni ishqorlar, kislotalar va boshqa tuzlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi:
NH4Cl+Na0H=NaCl+H20+NH3T
2NH4Cl(k)+H2S04=(NH4)2S04+2HClT
(NH4)2S04+BaCl2= BaS04l+2NH4Cl
Ammoniy ioniga sifat reakiya. Ammoniy tuzlarining juda muhim xossasi ularning ishqorlarning eritmalari bilan o'zaro ta’sir etishidir. Shu reaksiya yordamida ammoniy tuzlari (ammoniy ioni) ajralib chiqayotgan ammiakning hidiga yoki nam qizil lakmus qog'ozning ko'karishiga qarab bilib olinadi:
n h ; + o h - ^ n h 3T+h2o
Reaksiyani o'tkazish uchun tekshirilayotgan tuzli yoki eritmali probirkaga ishqor eritmasidan solinadi va aralashma ohista qizdiriladi. Ammoniy ioni bor bo'lsa, ammiak ajralib chiqadi.