Azot oksidlari


Azot kislorodli olti xil birikma hosil qiladi, ularda +1 dan +5 gacha oksidlanish darajasini namoyon qiladi:

N2 O, N O, N2 0 3, N 0 2, N2 0 4, N2 0 5 • Azot kislorod bilan bevosita birikkanida faqat azot (II) oksid NO hosil bo'ladi, boshqa oksidlari bilvosita yo'l bilan olinadi. N20 bilan NO — tuz hosil qilmaydigan oksidlar, qolganlari tuz hosil qiluvchi oksidlar. Azot oksidlar orasida eng katta ahamiyatga ega bo'lganlari azot (II) oksid bilan azot (IV) oksid — ular nitrat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulotlar hisoblanadi.

Azot (II) oksid NO — rangsiz gaz, suvda yaxshi erimaydi (uni silindrda suv ustiga yig'ish mumkin). Azot (II) oksidning ajoyib xossasi bor: havo kislorodi bilan bevosita birikib, qo'ng'ir gaz—azot (IV) oksid hosil qiladi:

                                                                                             2N0+0 =2N02

Laboratoriya sharoitida azot (II) oksid suyultirilgan nitrat kislota bilan misni o'zaro ta’sir ettirib olinadi:

                                            3Cu+8HN0=3Cu(N03)2+2N0T+4H20 Cu- 2e = Cu2+ 3 N+ 3? = N+2 2 

Azot (II) oksid ammiakni havo kislorodi bilan platina katalizator ishtirokida oksidlanish orqali ham olinadi. U havoda, momaqaldiroq vaqtida, elektr zaryadlar ta’sirida doimo hosil bo'lib turadi.

Azot (IV) oksid N 0 2 — o'ziga xos hidli qo'ng'ir gaz, havodan og'irroq, zaharli, nafas yo'llarini yallig'lantiradi. Laboratoriya sharoitida N 0 2 konsentrlangan nitrat kislota bilan misni o'zaro la’sir ettirib olinadi:

                                       Cu+4HN0=Cu(N0 3)2+2N02T+2H20 Cu- 2e = Cu2+ 1 N+ ё = N+4 2

yoki qo'rg'oshin nitrat kristallari qizdirilganda hosil bo'ladi:

                                                                         2Pb(N03)=2Pb0+4N02T+02t

Yuqorida aytib o'tilganidek, azot (II) oksid kislorod bilan birikkanda ham azot (IV) oksid hosil bo'ladi.

Azot (IV oksid dimerlanadi va rangsiz suyuqlik — azot (VI) oksid dimerini hosil qiladi:

                                                                                             2N02 ^

Reaksiya qaytar — 11 °C da muvozanat N20 4 hosil bo'lish (NO, ning dimerlanishi) tomoniga, 140 °C da — N 0 2 hosil bo‘- Iish (N20 4 ning termik dissotsilanishi) tomoniga to'liq siljigan bo'ladi. Oraliq temperaturalarda N 0 2bilan N20 4 orasida muvozanat hoiati mavjud bo'ladi.

Bir xil molekulalarning o‘zaro birikib, ancha yirik molekulalar hosil qilish jarayoni polimerlanish deyiladi.

Ushbu holda dimerlanish sodir bo‘ldi — ikkita NO, molekulasidan ancha yirik molekula — N20 4 hosil bo‘ldi. Polimerlanish jarayoni organik kimyoda juda katta rol o'ynaydi .

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan