Olinishi. Laboratoriya sharoitida nitrat kislota uning tuzlariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
KN03+H2S04=HN03+KHS04
Reaksiya ohista qizdirilganda sodir bo'ladi (kuchli qizdirilganda 1 1N( ) 3 parchalanib ketadi).
S a no at da nitrat kislota ammiakni katalitik oksidlash yo'li bilan olinadi, ammiak esa, o'z navbatida, vodorod bilan havo a/otini biriktirishdan hosil qilinadi. Sanoatda ammiakni oksidlab nitrat kislotaga aylantirishni muhandis-kimyogar I.I.Andreyev kashf etgan. U ammiakni havo kislorod bilan oksidlanishda katalizator — platina to'r ishlatishni taklif etdi.
Nitrat kislota olishning umumiyjarayonini uch bosqichga bo'lish mumkin:
1) ammiakni platina katalizatorda NO ga qadar oksidlash:
4NH3+502=4N0+6H20
2) NO ni havo kislorodi ta’sirida N 0 2 ga qadar oksidlash:
2N0+02=2N02
3) N 0 2 ni mo'l kislorod ishtirokida suvga yuttirish:
4N02+2H20 + 0 2=4HN03
Boshlang'ich moddalar — ammiak bilan havo katalizatorni /aharlaydigan zaharli qo'shimchalardan (vodorod sulfid, chang, moy va sh. k.) yaxshilab tozalanadi.
Hosil bo'ladigan kislota suyultirilgan (40—60% li) bo'ladi. Konsentrlangan nitrat kislota (96—98% li) suyultirilgan kislota bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasini haydash orqali olinadi. Bunda faqat nitrat kislota bug'lanadi.
Suyultirilgan nitrat kislota xromli po'latdan yasalgan idishlarda, konsentrlangani — aluminiy idishda saqlanadi va tashiladi. Uning ozroq miqdori shisha idishlarda saqlanadi.
Fizik xossalari. Nitrat kislota — o'tkir hidli, rangsiz suyuqlik. Juda gigroskopik, havoda «tutaydi», chunki uning bug'lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini hosil qiladi. Suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, 8 6 °C da qaynaydi.
Kimyoviy xossalari. Nitrat kislotaning tuzilish formulalari va ularning izohi berilgan.
H N 03 da azotning valentligi to'rtga, oksidlanish darajasi +5 ga, azotning koordinatsion soni 3 ga teng.
Suyultirilgan nitrat kislota kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi:
HN03=H++N0~3
Issiqlik ta’sirida va yorug‘da qisman parchalanadi:
4HN03=4N02+2H20 + 0 2
Shuning uchun u sovuq joyda va qorongida saqlanadi.
Nitrat kislotaning juda muhim xossasi shundan iboratki, u kuchli oksidlovchi hisoblanadi va deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi.
Ishlatilishi. Nitrat kislota — asosiy kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan biridir. Uning ko‘p miqdori azotli o ‘g‘itlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, bo‘yoqlar, plastmassalar, sun’iy tola va boshqa materiallar tayyorlashga sarflanadi. Tutovchi nitrat kislota raketa texnikasida raketa yoqilg'isini oksidlovchi sifatida ishlatiladi.