Bir asosli nitrat kislota faqat o'rta tuzlar hosil qiladi, ular nitratlar deyiladi. Bu tuzlar kislotani metallarga, ularning oksidlariga va gidroksidlariga ta’sir ettirilganda hosil bo'ladi. Natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari selitralar deyiladi: N aN 03 — natriyli selitra, K N 03 — kaliyli selitra, NH4N 0 3 — ammoniyli selitra, Ca(N03), — kalsiyli selitra. Selitralardan asosan azotli mineral o'g'itlar sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, K N 03 qora porox (75% K N 03, 15%C va 10% S aralashmasi) tayyorlash uchun ishlatiladi. NH4N 0 3, aluminiy kukuni va ko'mirdan portlovchi modda — ammonal tayyorlanadi..
Nitrat kislotaning tuzlari qizdirilganda parchalanadi, bunda qanday mahsulotlar hosil bo'lishi tuz hosil qiluvchi metallning standart elektrod potensiallar qatorida joylashgan o'rniga bog'liq:
Mg dan chapda MeNO, -►MeN02 + 0 2 Mg — Cu Cu dan o'ngda -►MeO + N 0 2 + 0 2 ►Me+NO,+On
ya’ni standart elektrod potensiallar qatorida Mg dan chaproqda joylashgan metallarning tuzlari parchalanganda nitridlar bilan kislorod hosil qiladi; Mg dan Cu gacha bo'lgan metallarning tuzlari parchalanganda metall oksidi, N 0 2 va kislorod hosil qiladi; Cu (Inn keyinda joylashgan metallarning tuzlari parchalanganda erkin metall, N 0 2 va kislorod hosil qiladi. Qizdirilganda parchalanishi (termoliz) — nitrat kislota tuzlarining muhim xossasidir. Nitrat kislota tuzlarining ko'pchiligi suvda eriydi