Fosfor oksidlari. Fosfor bir nechta oksidlar hosil qiladi. Ulardan eng muhimlari P40 6 va P4O10. Ko'pincha ularning formulalari soddalashtirilgan holda P20 3 va P20 5 tarzida yoziladi (oldingi oksidlarning indekslari 2 ga boiingan).
Fosfor (III) oksid P40 6 — mo‘msimon kristall massa, 22,5 °C da suyuqlanadi. Fosforni kislorod yetishmaydigan sharoitda yondirish yoii bilan olinadi. Kuchli qaytaruvchi. Juda zaharli.
F о s v о г (V) oksid P4O[0 — oq gigroskopik kukun. Fosforni m oi havo yoki kislorodda yondirish orqali olinadi. U suv bilan juda shiddatli birikadi, shuningdek, boshqa birikmalardan ham suvni tortib oladi. Gazlar va suyuqliklami qurituvchi sifatida ishlatiladi.
Fosforning oksidlari va barcha kislorodli birikmalari azotning xuddi shunday birikmalariga qaraganda ancha mustahkamroqdir, bunga sabab azotga nisbatan fosforda metallmaslik xossalarining susayganligidir.
Fosfat kislotalar. Fosfor (V) oksid P4O|0 suv bilan o'zaro ta’sirlashib, trimetafosfat kislotani H3(P 03)3 hosil qiladi (uning formulasi soddalashtirilgan holda H P03 sifatida yoziladi); bu kislota m oi suv bilan qaynatilganda fosfat kislota H3P04 ni hosil qiladi; H3P 04 qizdirilganda difosfat kislota H4P20 7 hosil boiadi:
ЗРО10+6Н2О=4Н3(РО3)3
Н3(Р 0 3)3+ ЗН ,0= ЗН 3Р 0 4
2Н3Р 0 4=Н 4Р20 7+Н 20
Bulardan amalda eng katta ahamiyatga ega boigani fosfat kislota, chunki uning tuzlari — fosfatlardan o‘g‘itlar sifatida foydalaniladi
Fosfat kislota — oq qattiq modda. Suv bilan istalgan nisbatda tnnlashadi. U nitrat kislotadan farq qilib, oksidlovchi emas va qi/dirilganda parchalanmaydi; bunga sabab shuki, fosfor uchun \<>s boigan barcha oksidlanish darajalari orasida +5 oksidlanish il.iujasi eng barqarordir. Sanoatda fosfat kislota ikki usul: ekstraksiya va termik usul bilan olinadi.
Birinchi usulga ko'ra maydalangan kalsiy fosfatga sulfat kislota bilan ishlov beriladi:
Ca3(P04)2+3H2S04=2H3P04+3CaS04i
iS04 cho'kma holida tushadi, kislota esa eritmada qoladi. Kislota bilan birga eritmaga ko'pchilik qo'shimchalar — temir, aluminiy .ulfatlari va b. ham o'tadi. Bunday kislota o'g'itlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulga ko'ra dastlab (tabiiy fosforni elektr pechda qayl.uish yoii bilan) fosfor olinadi. So'ngra uni P4O10 oksidga qadar oksidlanadi va bu oksidni suv bilan biriktirib, sof kislota (konsentratsiyasi 80% gacha) olinadi.
Fosfat kislotaning tuzlari. Fosfat kislota molekulasida vodorod atomlari kislorod bilan bogiangan:
Suvdagi eritmada fosfat kislota bosqich bilan dissotsilanadi. U uch asosli kislota boigani uchun uch xil tuz — fosfatlar hosil qiladi
1) fosfatlar — fosfat kislotadagi vodorodning hamma atomlari o'rnini boshqa atomlar olgan, masalan K3P 0 4 — kaliy fosfat, (NH4)3P 0 4 — ammoniy fosfat;
2) gidrofosfatlar — kislotadagi ikki vodorod atomining o'rnini boshqa atomlar olgan, masalan K2H P 0 4 — kaliy gidrofosfat, (NH4)2H P 04 — ammoniy gidrofosfat; 3)
digidrofosfatlar — kislotadagi bitta vodorod atomining o 'rn in i boshqa atom olgan, masalan, KH2P 0 4 — kaliy digidrofosfat, NH4H2P 0 4 — ammoniy digidrofosfat
Ishqoriy metallarning va ammoniyning barcha fosfatlari suvda eriydi. Fosfat kislotaning kalsiy tuzlaridan suvda faqat kalsiy digidrofosfat Ca(H2P 0 4)2 eriydi. Kalsiy gidrofosfat C aH P04 va kalsiy fosfat Ca3(P 0 4)2 organik kislotalarda eriydi ( organik kislotalar podzol va torfli tuproqlarda bo'ladi).