Mineral o ‘g‘itlar


Tarkibida o'simliklar uchun zaruriy oziq elementlari boiadigan moddalar, asosan tuzlar mineral o ‘g ‘itlar deyiladi. Ular yuqori va barqaror hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa qo'shiladi. 

Makro va mikroo‘g‘itlar. 0 ‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun zarur boigan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir (ular o'nta): С, О, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. 0 ‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, К va ba’zi boshqalari o‘simliklarga ko‘p miqdorlarda kerak boiadi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o‘g‘itlar makroo‘g ‘itlar yoki odatdagi o‘g‘itlar deyiladi.

Lekin tirik organizmlarga yuqorida aytib o‘tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o‘g‘itlar esa — mikroo‘g ‘itlar deyiladi. Hozir mikroo‘g‘itlarsiz — dalalarning vitaminlarisiz ish yuritib boimaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

0 ‘g‘itlarning klassiflkatsiyasi. Mineral o‘g‘itlar oddiy (bir tomonlama ta’sir etadigan) va kompleks (murakkab va aralash) o‘g‘itlarga boiinadi.

Oddiy o ‘g ‘itlar tarkibida bitta oziq elementi boiadi. Masalan, natriyli selitra tarkibida azot, kaliy xlorid tarkibida kaliy bor va h.

Murakkab о ‘ g ‘ i 11 a rning bir xil zarrachalari tarkibida ikkita va undan ko‘p oziq elementi boiadi. Masalan, kaliyli selitra tarkibida kaliy bilan azot, nitrofoskada — azot, fosfor hamda kaliy boiadi va h

Aralash o ‘g ‘itlar turli xil o ‘g‘itlarning — oddiy, murakkab o‘g‘itlaming mexanik aralashmasidan iborat boiadi. Ular ko'pincha o ‘g ‘it aralashmalari deyiladi.

0 ‘g‘itlar ishlab chiqaradigan sanoat o ‘g ‘it sanoati deyiladi. Hozirgi vaqtda bu sanoat mineral o ‘g‘itlarning 40 dan ortiq turini ishlab chiqarmoqda.

Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar. 0 ‘g‘itlar orasida azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar eng katta ahamiyatga ega.

Azotli о ‘g ‘it lar tarkibida, ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, bogiangan azot boiadi. Bular selitralar (natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari), ammoniy turlari, suyuq ammiak, ammiakli suv, mochevina — CO(NH2)2 (qoramollar ozigiga ham qo‘shib beriladi, tarkibida eng ko‘p — 47% azot boiadi) va b. Hozirgi vaqtda bu o‘g‘itlardan eng ko‘p ishlatiladigani ammiakli selitra, ya’ni ammoniy nitratdir. U bir-biriga qovushib qolmasligi uchun donador (granula) holda ishlab chiqarilidi.

Fosforli о ‘ g ‘ i 11 a r — bular fosfat kislotaning kalsiy va ammoniyli tuzlaridir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o‘g‘itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko‘p tarqalgan fosforli o‘g‘itlar quyidagilardir.

Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yoii bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz, Ca3(P04)2 borligi sababli o‘simliklar faqat kislotali tuproqlarda — podzol va torfli tuproqlardagina o ‘zlashtirilishi mumkin. Mayin tuyilganligi, shuningdek uni tuproqqa kislotali o‘g‘itlar, masalan, (NH4)2S 04 yoki go‘ng bilan birga solish o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.

Oddiy superfosfat, apatit va fosforitlaiga sulfat kislota bilan ishlov berish orqali olinadi. Ishlov berishdan maqsad — o‘simliklar har qanday tuproqda yaxshi o‘zlashtiradigan eruvchan tuz olishdir:

                                                                    Ca3(P0)4+2H2S04=Ca(H2P04)2+2CaS04

Donador o‘g‘itlarning kukunsimon o‘g‘itlarga nisbatan ancha afzalliklari bor: ularni saqlash oson (qovushib qolmaydi), o‘g‘it seyalkalari yordamida tuproqqa solish qulay, lekin asosiysi — u ko‘pchilik tuproqlarda hosilni ancha oshiradi.

Q o ‘sh superfosfat — tarkibi Ca(H2P 0 4)2 boigan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast — CaS04yo‘qligi jihatdan afzal. Qo‘sh superfosfat ikki bosqichda olinadi. Dastlab fosfat kislota olinadi . So‘ngra apatit yoki fosforit fosfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Boshlangich moddalarning miqdori quyidagi tenglamaga muvofiq olinadi:

                                                                                   Ca3(P04)2+4H2P0=3Ca(H2P04)2

Pretsipitat — tarkibi C aH P04• 2H20 boigan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Suvda kam eriydi, lekin organik kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali olinadi:

                                                                     H3P 0 4+ C a(0H )2= C aH P04 • 2Н ,0

Suyak talqoni, uy hayvonlariningsuyaklarini qayta ishlab olinadi, tarkibida Ca3(P 04), bor.

Ammofos — tarkibida fosfor va azot bo‘ladigan o‘g‘it. Fosfor kislotani ammiak bilan neytrallanganda hosil bo'ladi. Odatda tarkibida NH4H2P 04 va (NH4)2H P04 boiadi.

Shunady qilib, fosfat kislotaning kalsiy va ammoniy tuzlari fosforli o‘g‘itlar hisoblanadi.

Kaliyli o ‘g ‘itlar ham o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur. Tuproqda kaliy yetishmasa hosil va o‘simliklarning noqulay sharoitga chidamliligi sezilarli darajada pasayadi. Shu sababli, qazib olinadigan kaliy tuzlarining 90% ga yaqinidan kaliyli o'g'itlar sifatida foydalaniladi

Eng muhim kaliyli o‘g‘itlar quyidagilardir:

1) ishlov berilmagan tuzlar maydalangan tabiiy tuzlardan, asosan silvinit NaCl • KC1 va kainit MgS04 • KC1 • 3H20 minerallaridan iborat.

2) konsentrlangan o'g'itlar tabiiy kaliyli tuzlarni qayta ishlash natijasida olinadi, bular KC1 va K2S04.

3) у о g ‘ о с h va torf kuli tarkibida potash — K2C 0 3 bo'ladi.

Tarkibida mikroelementlar bo'ladigan aralash o‘g‘itlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor beriladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan