Uglerod gruppachasiga uglerod, kremniy, germaniy, qalay va qo'rg'oshin kiradi. Bular D.I.Mendeleyev davriy sistemasi IV gruppasining /j-elementlaridir. Ularning atomlarining tashqi pog'onasida to'rttadan elektron bo'ladi — ns2np2 (11.1-jadval, 2-p.), ularning kimyoviy xossalari o'xshashligiga sabab ana shudir
Qo'zg'almagan holda ularning atomlarida 2 tadan juftlashmagan elektron bo'ladi. Gruppachadagi barcha elementlar atomlarining tashqi pog'onasida erkin orbitallar borligi uchun qo'zg'algan holatga o'tganida s-pog'onachaning elektronlari bir-biridan ajraladi (punktir strelkalar bilan ko'rsatilgan).
Uglerod gruppachasining elementlari birikmalarida +4 va —4, shuningdek +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi, yadroning zaryadi kattalashishi bilan +2 oksidlanish darajasi ko'proq namoyon bo'ladi. Uglerod, kremniy va germaniy uchun +4, (jo'rg'oshin uchun +2 oksidlanish darajasi ko'proq xos. —4 oksidlanish darajasi С — Pb qatorida tobora kamroq uchraydi.
Uglerod gruppachasidagi elementlarning ba’zi xossalari jadvalda keltirilgan.
Uglerod gruppachasining elementlari umumiy formulasi R 0 2 va RO bo'lgan oksidlar hosil qiladi, vodorodli birikmalarining umumiy formulasi esa RH4. Uglerod bilan kremniy yuqori oksidlarining gidratlari kislota xossalariga ega, qolgan elementlarning gidratlari esa amfoter, kislota xossalari germaniy gidratlarida, asos xossalari esa — qo'rg'oshin gidratlarida kuchliroq ifodalangan. Ugleroddan qo'rg'oshinga o'tgan sari vodorodli birikmalari RH4 ning puxtaligi kamayadi: CH4 — mustahkam, barqaror modda, PbH4 esa erkin holda ajratib olinmagan. Gruppachada tartib raqami ortishi bilan atomning ionlanish energiyasi kamayadi va atom radiusi kattalashadi ya’ni metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi.