Uglerod va uning xossalari


Tabiatda uchrashi. Tabiatda uglerod erkin holda olmos, grafit va karbin ko‘rinishida, birikmalarida esa — toshko'mir, qo‘ng‘ir ko'mir hamda neft ko‘rinishida uchraydi. Tabiiy karbonatlar — ohaktosh, marmar, bo'r C aC 03, magnezit M gC03, dolomit M gC03 • CaC03 tarkibiga kiradi. Organik moddalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglerodning yer qobig'idagi miqdori 0,1%. Havoda uglerod (IV) oksid ko‘rinishida bo'ladi.

Fizik xossalari. Uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlari — olmos, grafit va karbin fizikaviy xossalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi, bunga sabab ularning kristall panjaralari turlicha tuzilganligidir.

Olmos — atom panjarali rangsiz kristall modda. Olmos kristallarida uglerod atomlari sp3-gibridlanish holatida bo‘ladi.

Ular o‘zaro puxta qutbsiz kovalent bog'lanishlar orqali bog‘langan. Olmosda uglerodning har qaysi atomi to‘rtta boshqa atom bilan qurshab olingan, bu atomlar tetraedr markazidan uning uchlariga tomon yo'nalgan tomonda bo‘ladi.

Yoqutistonda olmosning yirik konlari lopilgan. Bundan tashqari, 1961 -yilda  grafitdan ishlab chiqarish kristall panjarasi yo'lga qo‘yilgan.

G rafit — salgina metall yaltiroqligi bor, ushlab ko'rilganda yog'lidek tuyuladigan to‘q kulrang kristall modda. Grafit kristallarida uglerod atomlari s/?3-gibridlanish holatida boiadi. Ular lo‘g‘ri oltiburchaklikdan tarkib topgan yassi qatlamlar bo‘lib birikkan. Ularda uglerodning har bir atomi uchta i|o‘shni atom bilan puxta kovalent bog'lanishlar orqali bog'langan boiadi (uchta o-bog'lanish). Bog'lanishlar bir-biriga nisbatan 120 "C li burchak ostida yo'nalgan. Har qaysi atomning valent elektroni i |atlamda metalldagi kabi harakatchanligicha qoladi va uglerodning bir atomidan boshqa atomiga o'tib turishi mumkin. Shunday elektronlar hisobiga metall bog'lanish amalga oshadi. Grafitning elektr o'tkazuvchanligi yaxshiligiga (metallardagidan yomon emas), shuningdek uning issiqlik o'tkazuvchanligi va metall yaltiroqligi borligiga sabab ana shudir.

Grafitda qatlamlar orasidagi masofa ancha katta (0,335 nm), ular orasidagi o'zaro ta’sir kuchlari esa nisbatan bo'sh (bular asosan molekulalararo kuchlar) bo'ladi. Shu sababli grafit yupqa tangachalar holida ajraladi, ularning o‘zi juda mustahkam bo'ladi. Tangachalar qog'ozga oson yopishadi.

Grafit qalamlar o'zagini, shuningdek elektrodlar (sanoatdagi elektrolizlar uchun) tayyorlashda ishlatiladi. Texnik moylar bilan aralashma holida surkov materiali sifatida foydalaniladi: uning tangachalari surkaladigan yuzadagi notekisliklarni yo'qotadi. Grafit qiyin suyuqlanadigan va haroratning keskin o'zgarishlariga yaxshi chidaydigan bo'lgani uchun grafit bilan gil aralashmasidan metallurgiya uchun suyuqlantirish tigellari tayyorlanadi. Grafit yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlatuvchi sifatida ham ishlatiladi.

Grafitning katta qatlamlari Sibirda, Oltoyda va boshqa joylarda uchraydi.

Grafitni koksdan sun’iy usulda olish ham yo'lga qo‘yilgan. Karbin — qora rangli mayda kristall kukun. Dastlab 60- yillarda rus kimyogarlari tomonidan sintez qilingan, keyinchalik tabiatda topilgan. Karbin kristallari uglerod atomlarining navbatlashib keladigan oddiy va o‘lchamli bog'lanishlar orqali bog'langan chiziqsimon zanjirlaridan tarkib topgan:

                                                                            - О С - О С - О С - ... yoki (-O C -)„

Qattiqligi jihatidan karbin grafitdan ustun, lekin olmosdan ancha keyinda turadi. Yarim o'tkazgich xossalariga ega. Havosiz joyda 2800 °C ga qadar qizdirilganda garbitga aylanadi.

Tabiiy uglerod element sifatida ikki izotopdan: ‘2C (98,892%) va (1,108%) dan tarkib topgan. Bundan tashqari, atmosferada radioaktiv izotop '64C ning ozgina aralashganligi aniqlangan, u sun’iy yo'l bilan olinadi va ilmiy tadqiqotlarda keng ko'lamda ishlatiladi.

Ko‘mir. Uglerodli birikmalar termik parchalanganda qora massa — ko'mir hosil bo'ladi va uchuvchan mahsulotlar ajralib chiqadi. Ko'mir grafitning mayin kukunidan iborat. Ko'mirning eng muhim navlari koks, pista ko'mir va qurum.

Koks toshko'mirni havosiz joyda qizdirish bilan olinadi. Metallurgiyada qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.

Pista ko'mir yog'ochning ko'mirlanishidan (havosiz joyda yoki havo juda oz bo'lganda qizdirilganda) hosil bo'ladi . Metallurgiya sanoatida, temirchilik ustaxonalarida, qora porox olish, gazlarni yuttirishda va turmushda ishlatiladi.

Qurum uglevodorodlarni (tabiiy gaz, asetilen, skipidar va b.) cheklangan miqdordagi havoda yondirish (yoki havosiz joyda termik parchalash) yo'li bilan olinadi. Rezina ishlab chiqarishda to'ldiruvchi sifatida, shuningdek qora bo'yoqlar (bosmaxona bo'yog'i, tush) va etik moyi tayyorlashda ishlatiladi.

Shisha uglerod — uglerodning amorf holda mavjud bo'lishiga misol. U uglerodli birikmalarni termik parchalash yo'li bilan ham olinadi. Ajoyib xossalarga ega: mexanik mustahkamligi katta, zichligi, elektr o'tkazuvchanligi kam, qiyin suyuqlanadi va agressiv muhitda ishlatiladigan apparatura tayyorlash uchun, shuningdek aviatsiyada va kosmonavtikada ishlatiladi.

Adsorbsiya. Ko'mir (ayniqsa, pista ko'mir)ning adsorblash xususiyati juda kuchli bo'ladi.

Ko‘mirning va boshqa qattiq yoki suyuq moddalarning o‘z sirtida bug‘, gaz va erigan moddalarni ushlab qolish xossasi adsorbsiya deyiladi.

Yuzasida adsorbsiya sodir bo'ladigan moddalar adsorbentlar deyiladi. Adsorblanadigan moddalar adsorbatlar deyiladi. Agar, masalan siyoh eritmasini mayda tuyilgan ko'mirga qo'shib chayqatilsa va so'ngra aralashma filtrlansa, u holda filtratda rangsiz suyuqlik — suv bo'ladi. Bu holda erigan bo'yoqning hammasi ko'mirga adsorblanadi. Ko'mir — adsorbent, bo'yoq — adsorbat.

Texnikada adsorbentlar sifatida alumosilikatlar, sintetik smolalar va boshqa moddalar ishlatiladi.

Ko'mirning adsorblash xususiyati uning g'ovakligi tufaylidir. ( i'ovaklar soni qancha ko'p bo'lsa, ko'mirning sirti shuncha katta va adsorblash xususiyati shuncha kuchli bo'ladi. Odatda pista ko'mirning g'ovaklari turli xil moddalar bilan qisman to'lgan bo'ladi, bu esa uning adsorblash xususiyatini kamaytiradi. Adsorbsiyani kuchaytirish uchun ko'mirga maxsus ishlov beriladi suv bug'i oqimida qizdirib, g'ovaklari ifloslantiruvchi moddalardan tozalanadi. Shunday ishlov berilgan ko'mir aktiv ko'mir deyiladi.

Aktiv ko'mir shakar sharbatini unga sariq rang beruvchi qo'shimchalardan tozalash, o'simlik moylari va yog'larni tozalash uchun keng ko'lamda ishlatiladi. Aktiv ko'mirdan tayyorlangan tabletkalardan («karbolen») tibbiyotda organizmdan zararli moddalarni chiqarib yuborish uchun foydalaniladi. Aktiv ko'mir protivogazlarda zaharlovchi moddalarni yutib qolish uchun ishlatiladi. N.D.Zelinskiy yaratgan filtrlovchi protivogazdan 1914— 1918- yillardagi jahon urushida foydalanilgan, bu esa bir necha o'n minglab kishilarning hayotini saqlab qolishga imkon bergan.

Kimyoviy xossalari. Odatdagi temperaturada ko'mir ancha inert bo'ladi. Uning kimyoviy aktivligi yuqori temperaturalardagina namoyon bo'ladi. Ko'mir oksidlovchi sifatida ba’zi metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Uglerodning metallar bilan hosil qilgan birikmalari karbidlar deyiladi.

Vodorod bilan ko‘mir nikel katalizator ishtirokida va qizdirilganda metan — tabiiy yonuvchi gazlarning asosiy tarkibiy qismini hosil qiladi:

                                                                                          C+2H=CH4

Lekin ko‘mir qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladigan reaksiyalarga ko‘proq kirishadi. Bu hoi ко‘miming istalgan allotropik shakl o'zgarishining to‘liq yonishida ko‘rinadi:

                                                                                         C+02=C02

Ko'mir temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlarni ularning oksidlaridan qaytaradi, uning bu xossasidan metallurgiyada shu metallami olishda keng ko‘lamda foydalaniladi. Masalan: 

                                                                                   2Zn0+C=2Zn+C02

Ko‘ miming juda muhim kimyoviy xossasi — uning atomlarining bir-biri bilan birikib, puxta bog‘lanishlar — uglerod zanjirlari hosil qilishidir (III qism, Organik kimyoga q.)

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan