Uglerodning ikkita oksidi ma’lum: CO va C 0 2
Uglerod (II) oksid. Uglerod (II) oksid CO uglerodning kislorod yetishmaganida yonishi jarayonida hosil bo'ladi. Sanoatda u yuqori temperaturada ko‘mir cho‘g‘i ustidan karbonat angidrid o‘tkazish yoii bilan olinadi:
C02+C=2C0
Laboratoriya sharoitida uglerod (II) oksid chumoli kislotaga qizdirib turib konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish (sulfat kislota suvni tortib oladi) orqali olinadi:
HC00H=H20+C0T
Uglerod (II) oksid — rangsiz, hidsiz, nihoyatda zaharli gaz. Ishlab chiqarish binolarida CO ning yoi qo'yiladigan miqdori 1 1 havoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqadigan tutun gazlarda hayot uchun xavfli miqdorlarda bo‘ladi. Shu sababli, Hinajlar, ayniqsa dvigatellarni ishga tushirish paytida, yaxshi •.liamollatiladigan bo‘lishi kerak.
Yuqori temperaturalarda uglerod (II) oksid — kuchli qaytanivchi. U ko‘pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. Masalan:
C0+Cu0=CuC02
Uglerod (II) oksidning bu xossasidan rudalardan metallar Miyuqlantirib olishda foydalaniladi.
Havoda uglerod (II) oksid ko‘kish alanga berib yonib, ko‘p miqdorda issiqlik ajratib chiqaradi:
+2 + 4 j 2 C 0 + 0 2= 2 C 0 2, ДЯ2; = -572 kJ
Sliuning uchun u boshqa gazlar bilan birgalikda gazsimon yonilg‘ining ba’zi turlari — generator gazi va suv gazi tarkibiga kiradi.
Uglerod (IV) oksid. Uglerod (IV) oksid C 0 2 (boshqacha aytganda karbonat angidrid) tabiatda organik moddalar yonganida va cliiriganida hosil bo‘ladi. Havoda (hajmiy ulushi 0,03%), shuningdek ko'pchilik mineral manbalar (narzan, boijom va b.) tarkibidabo‘ladi. I Iayvon va o‘simliklar nafas olganida ajralib chiqadi.
Laboratoriya sharoitida C 0 2 marmarga xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi:
CaC03+2H+=Ca2++H20+C 02
Sanoatda uglerod (IV) oksid ohaktosh kuydirilganda hosil bo‘ladi:
CaC03=Ca0+C02
C 0 2 ning struktura formulasini shunday ifodalash mumkin: O -C -O . U chiziqsimon shaklda bo‘ladi. Uglerodning kislorod bilan bog‘lanishi qutbli, lekin bog‘lanishlar simmetrik joylashganligi tufayli C 0 2 molekulasining o‘zi qutbsiz bo‘ladi.
Uglerod (IV) oksid — rangsiz gazsimon modda. U havodan 1,5 marta og‘ir, shu sababli uni bir idishdan boshqasiga quyish mumkin. Yonishga va nafas olishga yordam bermaydi. 0 ‘t oldirilgan cho‘p uglerod (IV) oksidda o‘chadi, uglerod (IV) oksidning konsentratsiyasi katta bo‘lganda odam va hayvonlar bo‘g‘iladi. U shaxta, quduq va yerto'lalarda ko‘pincha xavfli miqdorlarda to'planib qoladi.
C 0 2 xona temperaturasida 6 MPa bosimda suyuqlikka aylanadi. Suyuq holda po‘lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi. Ballonning jo‘mragi ochilganda uglerod (IV) oksid bug‘lanadi, natijada qattiq soviydi va gazning bir qismi qorsimon massaga aylanadi. Qattiq uglerod (IV) oksid quruq muz deyiladi.
Uglerod (IV) oksid kislotali oksid xossalarini namoyon qiladi; suv va ishqorlarning eritmalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Xona temperaturasida 1 hajm suvda taxminan 1 hajm C 0 2 eriydi. Bunda karbonat kislota hosil boiadi. Reaksiya qaytar:
C 0 2+H20<=>H2C 0 3
Muvozanat boshlangich moddalar tomoniga ko‘p siljigan boiadi, ya’ni erigan C 02 ning juda oz qismigina kislotaga aylanadi. Ishqorlarning eritmalari bilan o‘zaro ta’sirlashganda tuzlar hosil boiadi:
C 0 2+2N a0H =N a2C 0 3+H 20
C 0 2 yuqori temperaturalarda oksidlash xossalarini namoyon qiladi: ko'mir va aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:
C 0 2+C = 2C 0
C 0 2+2M g=2M g0+C
0 ‘t oldirilgan magniy tasmasi karbonat angidridda yonadi.
Uglerod (IV) oksid soda, shakar ishlab chiqarishda, suv va ichimliklarni gazlashtirish uchun, suyuq holda — o‘t o‘chirgichlarda ishlatiladi. Quruq muzdan tez buziladigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladi.
Karbonat kislota. Karbonat kislota faqat eritmadagina mavjud boiadi. Qizdirilganda u uglerod (IV) oksid bilan suvga ajraladi. Karbonat kislota molekulasida vodorod atomlari kislorod atomlari bilan bogiangan boiadi.
H - CL. ^ > C = 0 H - <
U ikki asosli kislota sifatida bosqich bilan dissotsilanadi. Dastlab,
H2C 0 3 p > H 4 H C 0
va so'ngra juda oz darajada quyidagicha dissotsilanadi:
HCOj p± H + + HCO32-
Karbonat kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kiradi.