Karbonat kislota ikki qator tuzlar: o‘rta tuzlar — karbonat va nordon tuzlar — gidrokarbonatlar hosil qiladi. Ular tuzlarning umumiy xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallarning va ammoniy karbonatlari hamda gidrokarbonatlari suvda yaxshi eriydi. Karbonat kislotaning o‘zi beqaror boigani bilan uning tuzlari barqaror birikmalardir. Ular kislotani ishqor bilan o‘zaro ta’sir ettirilganda olinishi mumkin. Ishqoriy metallar bilan ammoniy karbonatlarining eritmalari gidrolizlanishi tufayli ishqoriy muhitga ega boiadi:
CO2" + H 20 <=> H C 0 3 +OH
Ishqoriy-yer metallarning karbonatlari suvda kam eriydi. Aksincha, gidrokarbonatlari yaxshi eriydi. Gidrokarbonatlar karbonatlar, uglerod (IV) oksid va suvdan hosil boiadi:
C aC 03+ C 0 2+ H 20 = C a(H C 0 3)2
Gidrokarbonatlarning eritmalari qaynatilganda ular karbonatlarga aylanadi:
C a(H C 03)2— *—> C aC 03i+ H 20 + C 0 2T
Karbonat kislotaning quyidagi tuzlari katta amaliy ahamiyatga ega.
Natriy karbonat Na2C 0 3; texnikadagi nomlari: soda, karbonat soda. Bu suvda yaxshi eriydigan oq kukun. Suvdagi eritmadan kristallgidratlar N a2C 0 3 • 10H20 , shuningdek Na2C 0 3-7 H 20 va N a2C 0 3 • H 20 holida kristallanadi. Bu kristallgidratlar kristall soda deyiladi. Qizdirilganda suvsiz, ya’ni suvsizlantirilgan (kalsinatsiyalangan) soda N a2C 0 3 (kalsinatsiya — «qizdirish» so‘zidan) hosil boiadi. Suvsizlantirilgan sodadan uning boshqa turlari: kristall soda, ichimlik soda olinadi. Soda shisha, sovun, qog‘oz ishlab chiqarishda, ro‘zg‘orda yuvish vositasi sifatida va b. maqsadlarda ishlatiladi.
Natriy gidrokarbonat NaHС0 3; texnikadagi nomlari: ichimlik soda, bikarbonat soda. Bu suvda kam eriydigan oq kukun. Qizdirilganda (100 °C gacha) oson parchalanadi:
2N aH C 03=N a2C 0 3+ H 20 + C 0 2T
Kaliy karbonat K2C 03, boshqacha aytganda potash — suvda yaxshi eriydigan oq kukun. 0 ‘simliklar kulining tarkibida bo‘ladi. Suyuq sovun, qiyin suyuqlanadigan optik shisha, pigmentlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kalsiy karbonat CaC0 3 tabiatda bo‘r, marmar va ohaktosh ko‘rinishida uchraydi, ular binokorlikda ishlatiladi. Ohaktoshdan ohak va uglerod (IV) oksid olinadi.
Karbonat-ionga sifat reaksiya. Karbonat-ion CO3 ga xos eng muhim reaksiya suyultirilgan mineral kislotalarning — xlorid yoki sulfat kislotaning ta’siridir. Bunda vishillab uglerod (IV) oksid pufakchalari ajralib chiqadi, u kalsiy gidroksid eritmasi (ohakli suv) orqali o'tkazilganda eritma CaC0 3 hosil bo‘lishi tufayli loyqalanadi: