Tabiatda uchrashi. Kremniy kisloroddan keyin Yerda eng ko‘p tarqalgan elementdir. U yer po‘stlog‘i massasining 27,6% ini tashkil etadi. Tabiatda asosan kremniy (IV) oksid va silikat kislotalarning tuzlari — silikatlar holida uchraydi. Ular yer po‘stlog‘ining qobig'ini hosil qiladi. Kremniy birikmalari o‘simlik va hayvonlar organizmida bo‘ladi.
Olinishi va ishlatilishi. Sanoatda kremniy elektr pechlarda SiO, ni koks bilan qaytarish orqali olinadi: Si02+2C=Si+2C0 Olinishi va ishlatilishi. Sanoatda kremniy elektr pechlarda SiO, ni koks bilan qaytarish orqali olinadi:
Si02+2C=Si+2C0
Laboratoriyalarda qaytaruvchilar sifatida magniy yoki aluminiydan foydalaniladi:
Si02+2Mg=Si+2Mg0
3Si02+4Al=3Si+2Al20 3
Eng toza kremniy uning tetraxloridini rux bug'lari bilan (|nytarish orqali olinadi:
SiCl4+2Zn=Si+2ZnCl2
Kremniy yarimo‘tkazgich sifatida foydalaniladi. Undan yorug‘lik cnergiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan quyosh batareyalari (kosmik kemalardagi radioqurilmalami ta’minlash uchun) tayvorlanadi. Kremniydan metallurgiyada juda issiqbardosh kremniyli po'latlar olish uchun foydalaniladi.
Fizik xossalari. Kristall holdagi kremniy — shishadek yaltiroq, lo‘q kulrang modda. Kremniyning tuzilishi olmosning tuzilishiga u'xshaydi. Uning kristalida har qaysi atom to‘rtta boshqa atom bilan tetraedrik qurshab olingan va ular bilan kovalent bog‘lanish orqali bog‘langan, bu bog‘lanishlar olmosdagi uglerod atomlari nrasidagi bog‘lanishlardan ancha bo‘sh bo‘ladi.
Kremniy kristalida odatdagi sharoitda ham kovalent bog‘lanishlarning bir qismi uziladi. Shuning uchun unda erkin elektronlar ho'ladi, ular kremniyning qisman elektr o‘tkazuvchanligiga sabab bo'ladi. Yoritilganda va qizdirilganda uziladigan bog‘lanishlar soni ko'payadi, demak, erkin elektronlar soni ham ko‘payadi va elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Kremniyning yarim o‘tkazuvchanlik xossalarini ana shunday tushuntirish lozim.
Kremniy juda mo‘rt, uning zichligi 2,33 g/sm2. Ko‘mir kabi u ham qiyin suyuqlanadigan moddalar qatoriga kiradi.
Kremniy uchta barqaror izotopdan: 24Si (92,27%), •4gSi (4,68%) va “ Si (3,05%) dan tarkib topgan
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalariga ko‘ra kremniy uglerod singari metallmas hisoblanadi, lekin uning metallmasligi sustroq ilodalangan, chunki uning atom radiusi katta. Kremniy atomlarining tashqi energetik pog‘onasida 4 ta elektron bo‘lgani sababli kremniy uchun +4 va -4 oksidlanish darajalari xos (kremniyning oksidlanish darajasi +2 bo‘lgan birikmasi ham ma’lum).
Kremniy odatdagi sharoitda ancha inert, buni kristall panjarasining puxtaligi bilan tushuntirish lozim. Kremniy bevosita faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:
Si+2F2=SiF4 kremniy florid
Kislotalar (ftorid HF va nitrat H N 03 kislotalarning aralashmasidan tashqari) kremniy ta’sir etmaydi. Lekin u ishqoriy metallaming gidroksidlarida erib, silikat kislota hamda vodorod hosil qiladi:
Si+20H~+H20= SiOj’ +2H2T
Elektr pechda yuqori haroratda qum bilan koks aralashmasidan kremniy karbid SiC (karborund) olinadi:
Si02+2C=SiC+C02
Karborundning kristall panjarasi olmosnikiga o'xshaydi, unda kremniyning har qaysi atomi to'rttaga uglerod atomi bilan va har qaysi uglerod atomi to'rtta kremniy atomi bilan qurshab olingan; ularda kovalent bog'lanishlar olmosdagi kabi juda puxta bo'ladi. Shuning uchun u qattiqligi jihatdan olmosga yaqin turadi. Kremniy karbiddan charxtoshlar va silliqlash toshlari tayyorlanadi.
Kremniyning metallar bilan hosil qilgan birikmalari silitsidlar deyiladi. Masalan:
Si+2Mg=Mg2Si magniy silitsid
Silitsidga xlorid kislota ta’sir ettirilganda kremniyning vodorodli eng oddiy birikmasi — silan SiH4 olinadi:
Mg2Si+4H+=2Mg2++SiH4T
Silan — qo‘lansa hidli zaharli gaz, havoda o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi:
SiH4+ 2 0 2= S i02+2H20
Maydalangan kremniy kislorod bilan qizdirilganda yonib, kremniy (IV) oksid hosil qiladi:
S i+ 02—Si02
Bunda ko'p miqdorda issiqlik chiqadi, bu esa Si02 da atomlar orasidagi boglanish juda puxta ekanligini ko'rsatadi.
Yuqori temperaturalarda kremniy ko'pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi.