Kolloid eritmalar haqida tushuncha


Tabiatda va texnikada bir modda zarrachalar holida ikkinchi mnddaning ichida bir me’yorda taqsimlangan dispers sistemalar lui'p uchraydi.

I )ispers sistemalarda dispers faza — mayda zarrachalarga bo‘lingan modda va dispersion muhit — ichida dispers faza tarqalgan bir jinsli modda bo‘ladi. Masalan, tarkibida gil bor loyqa suvda gilning qattiq mi rachalari dispers faza, suv — dispersion muhit bo‘ladi; tumanda < lispors faza — suyuqlik zarrachalari, dispersion muhit— havo bo'Iadi; tutunda dispers faza — ko‘mirning qattiq zarrachalari, dispersion muhit — havo, sutda dispers faza — yog‘ zarrachalari, ■ lispcrsion muhit — suyuqlik va h.

Dispers sistemalarga odatdagi (chin) eritmalar, kolloid eritmalar, shuningdek suspenziya va emulsiyalar kiradi. Ular birbiridan awalo zarrachalarning o‘lchami, ya’ni disperslik (maydalanr.mlik) darajasi bilan farq qiladi

Zarrachalarning o‘lchami 1 nm* dan kichik bo‘lgan sistemalar chin eritmalar deyiladi, ular erigan moddaning molekula yoki ionlaridan tarkib topgan bo‘lad. Ularni bir fazali sistema sifatida narash kerak. Zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta bo‘lgan sistemalar — dag‘al dispers sistemalar — suspenziya va emulyalardir.

Suspenziyalar — bular dispers fazasi qattiq modda, dispersion muhiti — suyuqlik bo‘lgan dispers sistemalardir, ulardagi qattiq modda suyuqlikda amalda erimaydigan bo‘ladi. Suspenziya layyorlash uchun moddani mayin kukun holigacha maydalash, so‘ngra shu moddani erimaydigan suyuqlikka solish va yaxshilab chayqatish (masalan, gilni suvda chayqatish) kerak. Vaqt o‘tishi bilan zarrachalar idish tubiga cho‘kadi. Ravshanki, zarrachalar qancha kichik bo'lsa, suspenziya shuncha uzoq saqlanadi.

Emulsiyalar — bular dispers fazasi ham, dispersion muhiti ham bir-biriga aralashmaydigan suyuqliklardan iborat bo‘lgan dispers sistemalardir. Suv bilan moy aralashmasini uzoq vaqt chayqatish yo‘li bilan emulsiya tayyorlash mumkin. Emulsiyaga sut misol bo‘la oladi, unda mayda yog‘ donlari suyuqlikda suzib 

Kolloid eritmalar — bular ikki fazali yuqori dispers sistemalar bolib, dispersion muhit bilan dispers fazadan tarkib topgan; dispers faza zarrachalarining o'lchamlari 1 dan 100 nm gacha boiadi. Ko‘rinib turibdiki, kolloid eritmalar zarrachalarining oichamlari jihatidan chin eritmalar bilan suspenziya va emulsiyalar orasida turadi. Kolloid zarrachalar odatda ko‘p sonli molekula yoki ionlardan tarkib topadi.

Kolloid eritmalar boshqacha aytganda zollar ham deyiladi. Ular dispersion va kondensatsion usullar bilan olinadi. Dispersiyalash ko‘pincha maxsus «kolloid tegirmonlar» yordamida amalga oshiriladi. Kondensatsion usulda kolloid zarrachalar atom yoki molekulalarning agregatlarga birikishi hisobiga hosil boiadi. Masalan, agar suvda kumushdan yasalgan ikkita sim orasida yoy elektr razryadi vujudga keltirilsa, u holda metall buglari kolloid zarrachalar holida kondensatsiyalanadi. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarning sodir bolishida ham kondensatlanish vujudga keladi va yuqori dispers sistemalar hosil boiadi (cho‘kma tushishi, gidrolizning borishi, oksidlanish -qaytarilish reaksiyalari va h.).

Zollarning bir qator o ‘ziga xos xususiyatlari bor, ularni kolloid kimyo mufassal o ‘rganadi. Masalan, zollar zarrachalarining olchamlariga qarab turli xil rangda bolishi mumkin, chin eritmalarning rangi esa bir xil boiadi. Masalan, oltinning zoli ko‘k, gunafsha, to‘q pushti, qizil ranglarda bolishi mumkin.

Chin eritmalardan farq qilib, zollarda Tindal effekti, ya’ni kolloid zarrachalarning nurni tarqatishi kuzatiladi. Zol orqali yoruglik tutami olkazilsa, qorongl xonada ko'rinadigan yorug1 konus paydo boiadi.

Zollarning muhim xossalaridan biri shuki, ularning zarrachalarida bir xil ishorali elektr zaryadlar b о ‘ 1 a d i . Shu tufayli ular birikib, yirik zarrachalar hosil qila olmaydi va cho‘kmaydi. Bunda bir xil zollarning, masalan, metallar, sulfidlar, silikat va stannat kislotalar zollarning zarrachalari manfiy zaryadli, boshqa, masalan, gidroksidlar, metallarning oksidlari zollarning /.iirachalari — musbat zaryadli boiadi. Zaryad hosil bolishi kolloid /iirnichalarning eritmadan ionlarni adsorblashi bilan tushuntiriladi.

Zolning cho'kishi uchun uning zarrachalari o'zaro birikib, .mcha yirik agregatlar hosil qilishi lozim. Zarrachalarning birikib мик agregatlar hosil qilishi koazulyatsiya, ularning oglrlik kuchi i i sirida cho‘kishi esa sedimeniatsivadevWadi

Zollarning ahamiyati nihoyatda katta, chunki ular chin critmalarga qaraganda ko‘p tarqalgan. Tirik hujayralarning protoplazmasi, qon, o‘simliklarning shirasi — bularning hammasi murakkab zollardir. Sun’iy tolalarning olinishi, terini oshlash, yclimlar, lok, plyonka, bo‘yoqlar tayyorlash zollar bilan bogliq. Tuproqda zollar ko‘p va ular tuproq unumdorligi uchun katta ahamiyatga ega. Silikagel, ya’ni suvsizlantirilgan silikat kislotadan suyuqlik va gazlarni tozalashda keng foydalaniladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan