Silikat kislotaning tuzlari silikallar deyiladi. Ularning tarkibi odatda elementlar oksidlarining birikmalari holida formula bilan tasvirlanadi. Masalan, kalsiy silikat CaSi03 ni shunday ifodalash mumkin: CaO • SiOr
R20 • «Si02 tarkibli silikatlar (bunda R^O — natriy yoki kaliy oksidi) eruvchan shisha deyiladi, ularning suvdagi konsentrlangan eritmalari esa suyuq shisha deb ataladi. Natriyli eruvchan shisha eng katta ahamiyatga ega. U texnikada kvars qumni soda bilan birga suyuqlantirish va amorf qumtuproqqa ishqorning konsentrlangan eritmasi bilan ishlov berish orqali olinadi:
Si02+Na2C03=Na2Si03+C02
Si02+2Na0H=Na2Si03+H20
Suyuq shisha kislotabardosh betonlar tayyorlashda bog'lovchi sifatida, shuningdek, zamazkalar, qog‘oz yelimi tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh va suv singmaydigan qilish uchun gazlama, yog‘och va qog‘ozga suyuq shisha shimdiriladi.
Kremniyning tabiiy birikmalari. Yer qobig‘i kremniy (IV) oksid bilan turli xil silikatlardan tarkib topgan. Tabiiy silikatlarning tarkibi va tuzilishi murakkab bo'ladi. Ba’zi tabiiy silikatlarning tarkibi quyidagicha: dala shpati K 20 • A 1,03 • 6Si20 2, asbest 3MgO • 2SiO? • 2H?0 , sluda K ,0 • 2A1,0, • 6SiO, • 2H,0, kaolinit A120 3 • 2Si02 • 2H20 .
Tarkibida aluminiy oksid ham bo‘ladigan silikatlar alumosilikatlar deyiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan silikatlardan dala shpati, kaolinit va sluda alumosilikatlar hisoblanadi. Tabiatda alumosilikatlar, masalan, dala shpati eng ko‘p tarqalgan. Turli xil silikatlarning aralashmalari ham ko‘p uchraydi. Masalan, tog‘ jinslari — granitlar va gneyslar kvars, dala shpati hamda sludadan tarkib topgan.
Yemirilishning asosiy mahsuloti kaolinit — oq gilning asosiy tarkibiy qismi. Tog‘ jinslarining yemirilishi natijasida gil, qum va tuzlarning qatlamlari hosil bo‘lgan.