Sun’iy silikatlardan eng katta ahamiyatga ega bo‘lganlari shisha, sement va keramikadir.
Shisha. Odatdagi deraza oynasining tarkibi taxminan ushbu formula bilan ifodalanadi: Na20 • CaO • 6Si02.
Shisha soda N a2C 0 3, ohaktosh C aC 03 va oq qum S i0 2 aralashmasini maxsus pechlarda birga suyuqlantirish orqali olinadi.
larayonning ximizmini shunday tasawur qilish mumkin: suyuqTlantirishda natriy va kalsiy silikatlari hosil bo‘ladi:
Si02+Na2C03=Na2Si03+C02T;
Si02+CaC03=CaSi03+C02T
Bu silikatlar bilan qumtuproq (u m o i miqdorda olinadi) suyuqlanib, bir butun massa hosil qiladi va u asta-sekin sovitiladi:
Na2Si03+CaSi03+4Si02=Na20 • CaO • 6Si02
Shisha ishlab chiqarishda soda o‘rniga ko‘pincha natriy sulfat va ko‘mir ishlatiladi. Bu holda natriy silikat quyidagi reaksiya tenglamasiga muvoflq hosil bo‘ladi:
2Si02+C+Na2Si04=2Na2Si03+C02T+2S02T
Maxsus shisha olish uchun boshlang‘ich aralashmaning tarkibi o‘zgartiriladi. Soda Na2C 0 3 o‘miga potash K2C 0 3 ishlatib, qiyin suyuqlanadigan shisha (kimyoviy idish uchun) olinadi. Bo‘r CaC03 o‘miga qo‘rg‘oshin (II) oksid PbO, soda o'miga esa potash ishlatib, billur shisha olinadi. U ning nurni sindirish xususiyati kuchli bo‘lib, chiroyli idishlar tayyorlash uchun ishlatiladi. B oshlang‘ich aralashm aga metallarning oksidlarini qo‘shish shishaga turlicha rang beradi: xrom (III) oksid Cr20 3 — yashil, kobalt (II) oksid CoO — ko‘k, marganes (IV) oksid M n02 — to‘q qizil va h. Shishalar harorat ko‘tarilganda astasekin yumshaydi va suyuq holatga o‘tadi. Teskari jarayon ham astasekin amalga oshiriladi — shisha massa sovigan sari quyuqlasha boradi. Shishadan turli xil buyumlar quyish uning ana shu xossasiga asoslangan. Shisha massadan mashinalar yordamida list shisha tortiladi.
Shishadan texnika ehtiyojlari uchun tola va to ‘qimahii tayyorlanadi. Shishakristall materiallar — sitallar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan, ularning mustahkamligi shishanikiga nisbatan katta boiadi. Ularni elektr izolator, idishlar va sh. o‘. tayyorlanadi.
Sement. Odatdagi silikat sement, boshqacha aytgand.i portlandsement yashilroq-kulrang kukun bo‘lib, suvga qorilgand.i havoda (yoki suvda) toshsimon massa bo‘lib qotadi. Odatda u ohaktosh bilan gildan iborat xomashyo massani qovushgunga qadar kuydirish (1400—1600 °C) yoii bilan olinadi.
Qizdirish aylanib turadigan silindrsimon maxsus pechlardn amalga oshiriladi. Hosil bo'ladigan qovushgan donador massa klinkcr deb ataladi. Bu chala mahsulot. Klinkerga tegishli qo‘shimchalar qo‘shib, sharli tegirmonlarda mayin kukun holigacha maydalanadi va oxirgi mahsulot olinadi.
Tabiatda tarkibida portlandsement olish uchun zaruriy nisbatlarda ohaktosh bilan gil boiadigan jinslar uchraydi. Ular mergellar deyiladi. Mergelning katta qatlamlari Novorossiysk hududida bor; yirik sement zavodlari ana shu mergellar asosida ishlaydi.
Xomashyo aralashmasi sun’iy yo‘l bilan ham olinadi.
Aralashmaning tarkibini o‘zgartirib, sementning turli xillari — tez qotadigan, sovuqqa chidamli, korroziyabardosh va boshqa turlari olinadi. Sement, suv va toldirgichlar (qum, mayda tosh, chaqiqtosh, shlak) aralashmasi qotganidan keyin sun’iy tosh — beton hosil boiadi. Bu materiallarning aralashmasi qotgunga qadar beton qorishma deyiladi. Qotish paytida sement xamiri toldirgichlaming donlarini bir-biriga boglaydi. Qorishma, hatto suvda ham qotadi. Orasiga poiat armatura (ichki karkas) qo‘yilgan beton temir-beion deyiladi. Beton va temir-betonlar gidroelektrostansiyalar, yollar, binolarning yuk tushadigan qismlarini qurishga ko‘plab miqdorda sarflanadi.
Bogiovchi material sifatida organik polimer yoki polimerlar bilan sementdan foydalanilgan betonlar ham tayyorlanadi. Bular alohida xossalarga ega boigan plastobetonlardir.
Shisha, sement va keramika ishlab chiqarish silikat sanoatiga kiradi, bu sanoat kremniyning tabiiy birikmalarini qayta ishlaydi