Metallarning D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida joylashgan o‘rni


Agar D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida (kitobning birinchi forzatsiga q.) berilliydam astatga tomon diagonal o‘tkazilsa, u holda diagonalning o‘ng tomoni yuqorisida metallmas elementlar (yonaki gruppacha elementlari bundan mustasno), chap tomon pastida — metall elementlar (yonaki gruppachalarning elementlari ham shularga taalluqli) bo‘ladi. Diagonal va uning yaqinida joylashgan elementlar (masalan, Be, Al, Ti, Ge, Nb, Sb va b.) ikki xil xossali bo‘ladi.

Elementlarning oilalarga bo'linishiga asoslanib  shunday xulosaga kelish mumkin: metall elementlarga I va II guruppalarning s-elementlari, barcha d- va/- elementlar, shuningdek bosh gruppachalardagi p- elementlar: III (bordan tashqari), IV (Ge, Sn, Pb), V (Sb, Bi) va VI (Po) kiradi. Ko‘rinib turibdiki, eng tipik metall elementlar davrlarning (ikkinchidan boshlab) boshlanish qismida loylashgan.

Shunday qilib, 109 elementdan 85 tasi metallardir. Ushbu kitobda bosh gruppachalardagi Na, К, Ca,- Al va yonaki gruppachalardagi C'r, Fe elementlar ancha mukammal ko‘rib chiqiladi. Shu elementlar kiradigan gruppachalarga ham umumiy tavsif berib ketiladi.

Kichik va katta davrlardagi elementlar atomlari pog‘ona va pog‘onachalarining elektronlar bilan to‘lib borish. Bu paragrafni yana bir marta diqqat-e’tibor bilan o‘qib chiqish, bunda metall elementlar atomlarining elektron qobiqlarining tuzilishiga alohida e’tibor berish lozim.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan