Metallarning kimyoviy xossalari


Metallarning atomlari valent elektronlarini ancha oson beradi va musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Shuning uchun metallar qaytaruvchilar hisoblanadi. Ularning asosiy va eng umumiy kimyoviy xossasi ana shundan iborat.

Ravshanki, metallar qaytaruvchilar sifatida turli xil oksidlovchilar bilan, jumladan, oddiy moddalar, kislotalar, aktivligi kamroq bo‘lgan metallarning tuzlari va ba’zi boshqa birikmalar bilan reaksiyalarga kirishadi. Metallarning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari galogenidlar, oltingugurtli birikmalari — sulfidlar, azotli birikmalari — nitridlar, fosforli birikmalari — fosfidlar, uglerodli birikmalari — karbidlar, kremniyli birikmalari — silitsidlar, bromli birikmalari — bromidlar, vodorodli birikmalari —gidridlar deyiladi va h.k. Bu birikmalarning ko‘pchiligi yangi texnikada muhim sohalarda ishlatiladi. Masalan, metallarning boridlaridan radiotexnikada, shuningdek, yadro texnikasida neytronli nurlanishni rostlovchi va undan muhofaza qiluvchi materiallar sifatida foydalaniladi.

Metallarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Vodorod ioni oksidlovchi bo'lib, metalldan elektronni biriktirib oladi:

                                                 Ca - 21 = Ca2+ 2H+ + 2e = H, Ca + 2H + = C a 2+ + H

Metallarning aktivligi kamroq metallar tuzlarining suvdagi eritmalari bilan o ‘zaro ta’sirini ushbu misolda ko'rsatish mumkin:

                                               Ni + CuS04 = NiS04 + Cu Ni - 2 eT= Ni2+ | 1 Cu2+ +2F= Cu 2

Bu holda elektronlar aktivroq metall (Ni) atomlaridan ajraladi va aktivligi kamroq metall ionlariga (Cu2+) birikadi. Aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishadi, bunda suv oksidlovchi bo‘ladi. Masalan:

                                                 Na-e = Na+ 2H20 + 2F= H2 + 20НГ 2Na + 2H20 = 2Na+ + 20H“ + H2 T

Gidroksidlari amfoter bo‘lgan metallar, odatda, kislotalarning eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:

                                                  Be + 2HC1 = BeCl2 + H2 T Be + 2NaOH + 2H20 = Na2[Be(OH)4] + H2 t

Shunday qilib, metallarning metallmaslar, kislotalar, aktivligi kamroq metallar tuzlarining eritmalari, suv va ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri ularning asosiy kimyoviy xossasi — qaytaruvchilik xususiyatini tasdiqlaydi.

Metallar bir-biri bilan ham kimyoviy birikmalar hosil qilishi mumkin. Ularning umumiy nomi — intermetall birikmalar yoki intermetallidlar. Bularga ba’zi metallarning surma bilan hosil qilgan birikmalari misol bo‘la oladi: Na2Sb, Ca3Sb2, NiSb, Ni4Sb, FeSb (x= 0,72-0,92). Ularda ko'pincha metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalariga xos bo'lgan oksidlanish darajasiga rioya qilinmaydi. Odatda, bular bertollidlar bo'ladi.

Intermetallidlarda kimyoviy bog'lanish asosan, metall bog'lanishdan iborat bo'ladi. Ular tashqi ko'rinishidan metallarga o'xsliaydi. Intermetallidlarning qattiqligi, odatda, ularni hosil qilgan metallarnikidan yuqori, plastikligi esa ancha kam bo'ladi. Ko'pchilik intermetallidlar amalda ishlatiladi. Masalan, surma-aluminiy AISb, surma-indiy JnSb va boshqalardan yarimo'tkazgichlar sifatida ko'p foydalaniladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan