Texnikada metallar va qotishmalar


Ikkita yoki undan ko'p metallardan, shuningdek, metallar bilan metallmaslardan tarkib topgan sistemalar qotishmalar deyiladi. Qotishmalarning xossalari nihoyatda turli-tuman va boshlang'ich komponentlarnikidan farq qiladi. Masalan, 40% kadmiy (suyuql. t. 32ГС) va 60% vismutdan (suyuql t. 27ГС) tarkib topgan qotishma 144°C da suyuqlanadi. Oltin bilan kumushning qotishmasi juda qattiq bo'ladi, vaholanki, bu metallarning o‘zi nisbatan yumshoqdir.

Qotishmalarda kimyoviy bog'lanish metall bog'lanishdan iborat. Shuning uchun ularda metall yaltiroqligi, elektr o'tkazuvchanlik va metallarga xos boshqa xususiyatlar bo'ladi.

Qotishmalar metallarni suyuqlantirilgan holatda aralashtirish yo'li bilan olinadi, ular keyin sovitilganda qotadi. Bunda quyidagi tipik hollar bo'lishi mumkin:

1. Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, bir-birida cheksiz eriydi. Bularga bir xil turdagi panjaralar hosil qilib kristallanadigan va atomlarining o'lchamlari bir-biriga yaqin bo'lgan metallar, masalan, Ag — Cu, Cu — Ni, Ag— Au va b. kiradi. Bunday suyuqlanmalar sovitilganda qattiq eritmalar hosil bo'ladi. Bunday eritmalarning kristallarida ikkala metalining atomlari bo'ladi, shu sababli ular to'liq bir jinsli bo'ladi.

Sof metallarga nisbatan qattiq eritmalar nihoyatda mustahkamligi, qattiqligi va kimyoviy barqarorligi bilan ajralib turadi; ular plastik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi.

2. Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, lekin sovitilganda qattiq eritma hosil bo'lmaydi. Bunday qotishm alar qotganida liar qaysi metallning mayda kristallaridan iborai massa olinadi. Bu xususiyat Rb — Sn, Bi — Cb, Ag — Pb va b. qotishmalar uchun xosdir.

Aluminiy va temir asosida olingan qotishmalar juda katta ahamiyatga ega. Ba’zi qotishmalar tarkibida metall- I maslar, masalan, uglerod, kremniy, 1 bor va b. kiradi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan