Korroziyadan muhofaza qilish


Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va katta zarar yetkazadi. Temirning korroziyalanish tufayli bevosita isroflari yiliga suyuqlantirib olinadigan temirning 10% ga yaqinini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o‘zining qimmatli texnikaviy xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun metall va qotishmalarni korroziyalanishdan muhofaza qilish usullari katta ahamiyatga ega. Ular nihoyatda turli-tumandir. Ulardan ba’zilarini aytib o‘tamiz.

Metallarning himoya sirt qoplamalari. Ular metalldan (rux, qalay, xrom va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lok, bo‘yoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin. Bu qoplamlar metallni tashqi muhitdan ajratib turadi. Masalan, tomga yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan tunukadan turmushda va sanoatda ishlatiladigan ko‘pgina buyumlar tayyorlanadi. Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi, rux temirga qaraganda ancha aktiv metall bo‘lsa ham (metallarning standart elektrod potensiallar qatoriga,u oksid pardasi bilan qoplangandir. Himoya qatlam buzilganda (timalganda, tom teshilganda va h.k.) namlik ishtirokida galvanik juft Zn/Fe vujudga keladi. Unda temir katod (musbat qugb), rux — anod (manfiy qutb) bo‘ladi. Elektronlar ruxdan temirga o ‘tadi va kislorod molekulalari bilan bog'lanadi (kislorodli qutbsizlanish), rux esa eriydi; lekin rux qatlamining hammasi yemirilib bo‘lguncha temir himoyalanganicha qoladi, bu esa ancha uzoq vaqtda sodir bo‘ladi. Temir buyumlar sirtini nikel, xrom bilan qoplash korroziyalanishdan muhofaza qilishdan tashqari buyumlarning tashqi ko‘rinishini chiroyli qiladi.

Antikorrozion xossalarga ega bo‘lgan qotishmalar yaratish. Po lat tarkibiga 12% ga qadar xrom kiritish yo‘li bilan korroziyabardosh zanglamaydigan po‘lat olinadi. Nikel, kobalt va mis qo‘shish po‘latning antikorrozion xossalarini kuchaytiradi, chunki qotishmaning passivlashishga moyilligi ko‘payadi. Antikorrozion \ossali qotishm alar yaratish — korroziya tufayli bo‘ladigan isroflarga qarshi kurashning muhim yo'nalishlaridan biridir.

Protektor himoya va elektr himoya. Protektor himoya elektrolit muhitida (dengiz suvi, yerosti suvlari, tuproq suvlari va h.k.) bo‘- ladigan konstruksiya (yerosti quvuri, kema korpusi) muhofaza qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday him oyaning m ohiyati shundan iboratki, konstruksiya protektor* — muhofaza qilinadigan konstruksiya metaliga qaraganda aktivroq metallga ulanadi. Po‘lat buyumlarni muhofaza qilishda protektor sifatida odatda magniy, aluminiy, rux va ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Korroziyalanish jarayonida protektor anod boiib xizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruksiyani yemirilishdan saqlab qoladi. Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi.

Elektr himoya ham shu prinsipga asoslangan. Elektrolit muhitida turgan konstaiksiya bunda ham boshqa metallga (odatda temir bo‘lagi, rels va sh. o‘.), lekin tashqi tok manbayi orqali ulanadi. Bunda himoyalanadigan konstruksiya katodga, metall — tok manbayining anodiga ulanadi. Tok manbayi anoddan elektronlami oladi, anod (muhofaza qiluvchi metall) yemiriladi, katodda esa oksidlovchining qaytarilishi sodir bo‘ladi

Elektr himoyaning protektor himoyadan afzalligi bor: uning ta’sir radiusi 2000 m ga yaqin, protektor himoyaniki esa — 50 m atrofida bo‘ladi.

Muhit tarkibini o‘zgartirish. Metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun elektrolitga korroziyani sekinlatuvchi moddalar yoki ingibitorlar deyiladigan moddalar (ko‘pincha organik) qo‘shiladi. Ular metallni kislota yemirishidan saqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

Keyingi yillarda uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda atmosfera ingibitorlari) ishlab chiqildi. Ular qog‘ozga shimdiriladi va metall buyumlar shu qog‘oz bilan o‘raladi. Ingibitorlarning bug'i metall sirtiga adsorbilanadi va unda himoya pardasini hosil qiladi.

Ingibitorlar bug‘ qozonlarini quyqadan kimyoviy tozalashda, ishlov berilgan buyumlar sirtidan kuyindini yo‘qotishda, shuningdek, xlorid kislotani po‘lat idishda saqlash va tashishda ko‘p ishlatiladi. Anorganik ingibitorlar qatoriga nitritlar, xromatlar, fosfatlar, silikatlar kiradi. Ingibitorlarniig ta’sir etish mexanizmi ko'pchilik kimyogarlarning tadqiqot mavzuyidir.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan