Litiy gruppachasini litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy elementlari tashkil etadi.
Atomlarining tashqi energetik pog‘onasida bittadan elektron bo‘ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +1 ga teng doimiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Bu elementlarni oddiy moddalari ishqoriy metallar deyiladi. Ishqoriy metallarning hammasi — kuchli qaytaruvchilar. Ular eng aktiv metallar bo‘lib, deyarli barcha metallmaslar bilan
Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning inetallik xossalari kuchayib boradi. Bular metall elementlarning eng xos vakillaridir. Davriy sistemaning har qaysi davri (birinchidan boshqasi) shu elementlar bilan boshlanadi.
Litiy gruppachasining elementlari kislorod bilan R20 oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar suv bilan birikib, asos ROH hosil qiladi:
R20 + H 20 = 2 R 0 H
Asoslaming kuchi litiydan seziyga o‘tgan sari kuchayib boradi, chunki shu yo‘nalishda atomning radiusi ortib boradi.
Ishqoriy metallarning vodorodli birikmalari RH formulaga muvofiq keladi. Bular metallarning gidridlari — oq kristall moddalar. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi — 1 bo‘ladi.