Tabiatda uchrashi. Tabiatda ishqoriy metallar erkin holda uchramaydi. Natriy va kaliy turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. Ulardan eng muhimi natriyning xlor bilan birikmasi NaCl bo‘lib, u tosh tuz qatlamlarini (Donbass, Solikamsk, Sol-Ilesk va b.) hosil qiladi. Natriy xlorid dengiz suvida va sho‘r suv manbalarida bo'ladi. Odatda tosh tuz qatlamlarining yuqori qavatlarida kaliyli tuzlar bo‘ladi. Ular dengiz suvida ham bor, lekin natriy tuzlariga nisbatan ancha kam miqdorlarda bo'ladi. Kaliyli tuzlarning dunyodagi eng katta zaxiralari Uralda — Solikamsk rayonida joylashgan (silvinit NaCl • KC1 va karnallit KC1 • MgCl26H20 minerallari), Belarussiyada (Soligorsk sh.) kaliyli tuzlarning yirik qatlamlari topilgan va ulardan foydalanilmoqda.
Natriy va kaliy ko'p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Yer po‘stlog‘ida natriyning miqdori 2,64%, kaliyniki — 2,6%.
Natriy va kaliyning olinishi. Natriy suyuqlantirilgan natriy xloridni yoki natriy gidroksidni elektroliz qilish yo'li bilan olinadi. NaCl suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katodda natriy ajralib chiqadi:
Na+ + ё = Na
Natriy gidroksid /qimmat bo'lganligi sababli, natriy olishning hozirgi asosiy usuli NaC l suyuqlanmasini elektroliz qilish hisoblanadi.
Kaliy ham suyuqlantirilgan KC1 va KOH ni elektroliz qilib olinishi mumkin. Lekin kaliy olishning bu usuli texnikaviy qiyinchiliklar (tok bo'yicha unumi kamligi, xavfsizlik texnikasini ta’minlash qiyinligi) tufayli keng tarqalmagan. Hozirgi vaqtda sanoatda kaliy olish quyidagi reaksiyalarga asoslangan.
KC1 + Na <=> NaCl + К (a)
KOH + Na <=> NaOH + К
(a) usulda suyuqlantirilgan kaliy xlorid orqali 800°C da natriy bug'lari o'tkaziladi, ajralib chiqadigan kaliy bug'lari esa kondensatsiyalanadi. (b) usulda suyuqlantirilgan kaliy gidroksid bilan suyuq natriy orasidagi reaksiya qarshi oqim bilan 40°C da, nikeldan yasalgan reaksion kolonnada o'tkaziladi*.
Kaliy bilan natriyning qotishmasi ham xuddi shu usullar bilan olinadi, u atom reaktorlarida issiqlik tashuvchi suyuq metall sifatida ishlatiladi. Kaliyning natriy bilan qotishmasidan titan ishlab chiqarishda qaytaruvchi sifatida ham foydalaniladi.
Fizikaviy xossalari. Ishqoriy metallarning atomlarida 4 va undan ko'p erkin oAitallarga bitta tashqi elektron to'g'ri kelganligi va atomning ionlanish energiyasi kamligi sababli metallarning atomlari orasida metall bog'lanish vujudga keladi. Metall bog'lanishli moddalar uchun metall yaltiroqligi, plastiklik, yumshoqlik, elektr o'tkazuvchanlik va issiqlik o'tkazuvchanligining yaxshiligi xos xususiyat hisoblanadi. Natriy va kaliyning ham ana shunday xossalari bor.
Natriy va kaliy — kumushsimon-oq metallar, natriyning zichligi 0,97 g/sm3, kaliyniki — 0,86 g/sm3, juda yumshoq, pichoq bilan oson kesiladi.
Tabiiy natriy bitta ^N a izotopdan, kaliy esa — ikkita barqaror izotop 39 К (93,08%) va ^ К (6,91 %) hamda bitta radioaktiv К (0,01%) izotopdan tarkib topgan. Ilmiy tekshirishlarda sun’iy yo'l bilan olinadigan radioaktiv izotoplar: j^Na ffNa va « к ishlatiladi
Kimyoviy xossalari. Natriy va kaliy atomlari kimyoviy reaksiyalarda valent elektronlarini oson berib, musbat zaryadlangan ionlarga Na+ va K+ ga aylanadi. Bu metallarning ikkalasi — kuchli qaytaruvchilar.
Havoda natriy bilan kaliy tez oksidlanadi, shu sababli ular kerosin ostida saqlanadi. Ular ko'pchilik metallmaslar — galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqalar bilan oson reaksiyaga kirishadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda vodorod bilan gidridlar NaH, KH hosil qiladi. Metallarning gidridlari suv ta’sirida oson parchalanib, tegishli ishqor bilan vodorodni hosil qiladi:
NaH+ H20 = NaOH+ H2 t
Natriy mo'l kislorodda yondirilganda natriy peroksid Na20 2 hosil bo'ladi, u havodagi nam karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, kislorod ajratib chiqaradi:
2Na20 2 + 2C02 = 2Na2C 03 + 0 2 t
Natriy peroksidning suv osti kemalarida kislorod olish uchun va yopiq binolarda havoni regeneratsiya qilish uchun ishlatilishi ana shu reaksiyaga asoslangan.