Suvda yaxshi eriydigan gidroksidlar o‘yuvchi ishqorlar deyiladi.
Ulardan eng muhimlari NaOH va KOH. Natriy gidroksid va kaliy gidroksid — oq, xira, qattiq, kristall moddalar. Suvda yaxshi eriydi, suvda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadi. Suvdagi eritmalarda deyarli to‘liq dissotsilanadi va kuchli ishqorlar hisoblanadi. Asoslaming barcha xossalarini namoyon qiladi.
Qattiq natriy va kaliy gidroksidlar hamda ularning suvdagi eritmalari uglerod (IV) oksidni yutadi:
Na0H+C02=NaHC03
2Na0H+C02=Na2C03+H20
yoki ionli ko‘rinishda:
o h -+c o2= h c o 3-
20H~~ + C02 = C H t + H20
Qattiq holatda havoda NaOH va KON namni yutadi, shu tufayli gazlardan qurituvchilar sifatida foydalaniladi.
Sanoatda natriy gidroksid va kaliy gidroksid tegishlicha NaCl va KC1 ning konsentrlangan eritmalarini elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Bunda bir vaqtning o‘zida xlor bilan vodorod ham olinadi. Katod sifatida temir to‘r, anod sifatida — grafit ishlatiladi.
Elektroliz sxemasini (KC1 misolida) shunday tasvirlash mumkin. KC1 K+ va СГ ionlariga to‘liq dissotsilanadi. Elektr toki o‘tganida katodga K+ ionlar, anodga — xlorid-ion C l- lar keladi. Standart elektrod potensiallar qatorida kaliy aluminiydan oldinda joylashgan va uning ionlari suv molekulalariga qaraganda ancha qiyin qaytariladi (elektronlarni biriktirib olafi). Vodorod ionlari H+ esa eritmada juda kam. Shu sababli katodda faqat suv molekulalari zaryadsizlanadi va molekular vodorod ajralib chiqadi.
2H20 + 2e = H2 + 20H~
Xlorid-ionlar konsentrlangan eritmada suv molekulalariga qaraganda elektronlarini oson beradi, shu sababli anodda xloridionlar zaryadsizlanadi;
2СГ — 2e = Cl2
NaCl eritmasining elektrolizi ham xuddi shunga o'xshash boradi. Tarkibida NaOH va NaCl bor eritma bug‘latiladi, natijada natriy xlorid cho'kmaga tushadi (uning eruvchanligi ancha kam va temperatura ta’sirida kam o‘zgaradi), cho‘kma ajratib olinadi va keyin elektroliz uchun foydalaniladi.
Natriy gidroksid juda ko‘p miqdorlarda olinadi. U asosiy kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan biridir. Bu modda neft mahsulotlarini — benzin va kerosinni tozalash uchun, sovun, sun’iy ipak, qog‘oz ishlab chiqarish uchun, to‘qimachilik, konchilik va kimyo sanoatlarida, shuningdek turmushda (kaustik, kaustik soda) ishlatiladi.
Ancha qimmatroq mahsulot — kaliy gidroksid NaOH ga qaraganda kamroq ishlatiladi.