Bu gruppachani berilliy, magniy va ishqoriy-yer elementlari (kalsiy, stronsiy, bariy, radiy) tashkil etadi.
Berilliy gruppachasidagi metallar kimyoviy jihatdan ancha aktiv. Havoda oksidlanadi, bunda RO turidagi asosli oksidlar olinadi, ularga R(OH)2 turidagi asoslar muvofiq keladi. Asoslarning eruvchanligi va asos xususiyati Be dan Ra ga tomon ortib boradi. Be(OH)2 — amfoter birikma
Xossalari jihatidan berilliy bilan magniy boshqa metallardan birmuncha farq qiladi. Masalan, Be suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, Mg faqat qizdirilganda, qolgan metallar esa — odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi.
R + 2H20 = R(OH)2 + H2 t
Berilliy, magniy va ishqoriy-yer metallar vodorod bilan umumiy formulasi RH2 bo'lgan gidridlar hosil qiladi.
Berilliy gruppachasidagi metallardan eng katta ahamiyatga ega bo'lgani — kalsiy.