Tabiatda uchrashi. Kalsiy ko'p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 3,6% ni tashkil etadi. Tabiatda kalsiyning quyidagi birikmalari eng ko'p tarqalgan: kalsit minerali C aC 03 (ohaktosh, marmar va bo'r qatlamlari ana shu mineraldan hosil bo'lgan), gips CaS042H20 , angidrit CaS04. Kalsiy fosfat Ca3(P 0 4)2 holida apatitlar, fosforitlar va hayvon suyaklari tarkibiga kiradi. U tabiiy suvlarda va tuproqda ham bo'ladi.
Olinishi. Sanoatda kalsiy suyuqlantirilgan tuzlar: 6 qism kalsiy xlorid CaCl, va 1 qism kalsiy ftorid CaF2 aralashmasini elektroliz qilish yo'li bilan olinadi. Kalsiy ftorid kalsiy xloridning suyuqlanish temperaturasini pasaytirish uchun qo'shiladi, elektroliz ana shu temperaturada olib boriladi.
Fizik xossalark Kalsiy — kumushsimon-oq va qattiq metall, yengil (zichligi. 1,55 g/sm3). Suyuqlanish va qaynash temperaturalari ishqoriy metallarnikidan yuqori. Tabiiy kalsiy massa sonlari 40 (asosiy izotop) 42, 43, 44, 46 va 48 bo'lgan oltita izotopi aralashmasidan tarkib topgan. Ilmiy tadqiqotlarda sun’iy izotop ^ Ca ishlatiladi.
Kimyoviy xossalari. Kalsiyning tashqi energetik pog'onasida 2 ta elektron bo'lganligi sababli barcha birikmalarida uning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Havoda kalsiy oksidlanadi, shu sababli berk idishlarda, odatda kerosinda saqlanadi. Odatdagi sharoitda kalsiy galogenlar bilan birikadi, oltingugurt, azot va ko'mir bilan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi:
Ca+Cl2=CaCl2 3Ca+N2=Ca3N2
Ca+S=CaS Ca+2C=CaC2
Ca aktiv metall sifatida suvdan vodorodni siqib chiqaradi:
Ca + 2H20 = Ca(OH)2 + H2 T
Havoda qizdirilganda yonib, kalsiy oksid hosil qiladi:
2Са+Ог=2СаО
Kalsiy uglerod bilan kalsiy karbid CaC2 hosil qiladi.