Kalsiy oksid va gidroksid


Kalsiy oksid (texnikadagi nomlari: so‘ndirilmagan ohak, kuydirilgan ohak momig'i)— oq rangli kukun. Sanoatda ohaktosh, bo‘r yoki boshqa karbonatli jinslar kuydirilganda hosil bo'ladi:

                                                         CaC03 <=> CaO + C02                  AH = 178 kJ / mol

Bu reaksiya endotermik: issiqlik yutilishi bilan boradi. 0,1 MPa bosim va 900°C temperaturada termik dissotsilanib, kalsiy oksid bilan uglerod (IV) oksidga ajraladi. Reaksiya qaytar (geterogen muvozanat) va temperaturada pasayganda yoki uglerod (IV) oksidning parsial bosimi oshganida teskari yo'nalishda ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun ohaktoshni kuydirish 1000 — 1200°C temperaturada olib boriladi va uglerod (IV) oksid reaksiya doirasidan chiqarib turiladi.

Kalsiy oksid suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, kalsiy gidroksid hosil qiladi:

                                           Ca0+H20=Ca(0H)2;                             ДН= -65 kJ/mol

Bu reaksiyada ko'p miqdorda issiqlik chiqadi. Kalsiy gidroksidning texnikadagi nomi — so'ndirilgan ohak. Agar so'ndirilgan ohak kukun holida tayyorlangan bo'lsa, u ohak kukuni deyiladi.*

So'ndirilgan ohak, qum va suv aralashmasi binokorlik qotishmasi yoki ohakli qorishma deyiladi. U suvoq sifatida, shuningdek, devorga g'isht terishda g'ishtlarni bir-biriga tishlatish uchun ishlatiladi; devorga g'isht terishda odatda sementli qorishmadan foydalaniladi.

Ohakli qorishmaning qotishida bir vaqtning o'zida ikki xil jarayon sodir bo'ladi: 1) o'ta to'yingan eritmadan kalsiy gidroksid kristallarining cho'kishi, bu kristallar qum zarrachalarini birbiriga puxta bog'laydi; 2) ushbu reaksiya natijasida kalsiy karbonat hosil bo'ladi:

                                                                               Ca(0H)2+C02 (havodan)=CaC03+H20

So'ndirilgan ohak— oq rangli qattiq modda, suvda eriydi, lekin uning eruvchanligi katta emas (20°C da 1 1 suvda 1,5 g.) So'ndirilgan ohakniig suvdagi eritmasi ohakli suv deyiladi. U ishqoriy xossaga ega bo'ladi. Ohakli suv orqali uglerod (IV) oksid o'tkazilganda eritma loyqalanadi (a), yana o'tkazilganda esa loyqa yo'qoladi (b):

                                                                 Ca(OH)2 + C 02 = CaC03 ! +H20 (a)

                                                                     CaC03 + H20 + C 02 = Ca(HC03)2

yoki ionli ko'rinishda:

                                                          Ca2+ + 20H~ + C02 = CaC03 i +H20

                                                            CaC03 + H20 + C02 = Ca2+ + 2HCOJ

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan