Kalsiy tuzlari


Kalsiy karbonat tabiatda tog' jinsi — ohaktosh holida keng tarqalgan. Ko'pchilik tog' tizmalari ohaktosh bilan bo'rdan tarkib topgan. Marmar ham ko'p uchraydi, qadimgi geologik davrlarda katta bosim va yuqori harorat ta’sirida ohaktosh bilan bo'rdan hosil bo'lgan. Ohaktosh bo'r va marmar tarkibida asosan kalsiy karbonat CaC03 bo'ladi.

Ohaktosh eng ko'p uchraydigan foydali qazilmalar qatoriga kiradi. Binokorlik toshi sifatida, shuningdek, ohak, uglerod (IV) oksid va sement ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Gips CaS04 • 2H ,0 ko'p tarqalgan Gipsni 150 — 180°C da kuydirish orqali oq kukun — kuydirilgan gips, boshqacha aytganda alebastr CaS04 0,5H20 olinadi. Agar alebastr suvga qorilsa, u tezorada qotib, yana qaytadan gipsga aylanadi:

                                                               CaS04 ■ 0,5H20 + 1,5H20=CaS04 • 2H20

Gips ana shu xossasi tufayli binokorlikda to'siq plita va panellar tayyorlash, turli xil buyumlardan quyma shakl va nusxalar olishda, tibbiyotda gipsli bog'lam, suvoqchilikda ohak-gipsli qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu binokorlik materialining kamchiligi suvda oz bo'lsa-da, erishidir

Kalsiy va magniyning eruvchan tuzlari suvning qattiqligiga sabab bo'ladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan