III gruppaning bosh gruppachasini (bor gruppachasini) bor, aluminiy, galliy, indiy va talliy elementlari tashkil etadi. Bu elementlarning ayrim xossalari.
Gruppachadagi barcha elementlar p- elementlarga kiradi . Ular atomlarining tashqi energetik pog'onasida uchtadan elektron bor (s2p'), ko'pchilik xossalarining o'xshashligiga sabab ana shudir. Bu elementlar kimyoviy birikmalarida +3 ga teng (bor —3 ham) oksidlanish darajasini namoyon qiladi, talliy uchun +1 oksidlanish darajasi eng barqaroridir.
Masalan, davrda berilliy bilan uglerod orasida joylashgan bor element i metallmas elementlar qatoriga kiradi. Uning atomining ionlanish energiyasi eng katta. Gruppacha ichida yadro zaryadi kattalashishi bilan atomlarning ionlanish energiyasi kamayadi va elementlarning metallik xossalari kuchayadi. Aluminiy — metall, lekin uni haqiqiy metall deb bo'lmaydi. Uning gidroksidi amfoter xossalarga ega. Talliyda metallik xossalar ancha kuchli ifodalangan, +1 oksidlanish darajasida esa u litiy gruppachasidagi metall elementlarga yaqin bo'ladi.
Bor gruppachasidagi elementlarning hammasi R20 2 turidagi oksidlarni hosil qiladi. Ularga R(OH)3 tarkibli gidroksidlar muvofiq keladi. Ularning bordan boshqa hammasi suvdagi eritmalarda gidratlangan ionlar R3+ holida bo'lishi mumkin. Bor — kislota hosil qiluvchi element.
Ill gruppaning bosh gruppachasidagi metallardan eng katta ahamiyatga ega bo‘lgani aluminiydir.