Aluminiy oksid va gidroksid


Aluminiy oksid (giltuproq) A120 3 — oq rangli, ancha qiyin suyuqlanuvchan, juda qattiq modda. Aluminiy olish uchun boshlang‘ich mahsulot hisoblanadi. Tabiatda korund va uning turlari ko‘rinishida uchraydi. Agar korundning rangsiz kristallari aralashmalar tufayli ko‘k rangli bo‘lsa, u holda ular sapfir, gunafsha ranglisi — ametist, qizil ranglisi — yoqut deyiladi; Yoqutning xrom (III) oksid aralashgan kristallari lazerlarda aktiv muhit sifatida ishlatiladi.

Laboratoriyada aluminiy oksid aluminiyni kislorodda yondirish yoki aluminiy gidroksidni qizdirish yo‘li bilan olinadi:

                                                                             4A1+302=2A120 3

                                                                             2ai(oh)3=ai2o 3+3h2o

Aluminiy oksid suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. U amfoter — kislotalar (ancha qiyinlik bilan) va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:

a) xlorid kislota bilan

                                                                            A120 3+6HC1=2A1C13+3H20

b) suyuqlantirganda qattiq natriy gidroksid bilan

                                                                             Al20 3+2Na0H=2NaA102+H20

d) natriy gidroksid eritmasi bilan

                                    Al20 3+2Na0H+7H20=2Na[Al(0H)4(H20)2] yoki A120 3 + 20H~ + 7H20 *=* 2[А1(ОН)4 (H20 ) 2 ]“

Amfoter gidroksidlarning ishqoriy eritmalarda erishi gidroksotuzlar (gidroksokomplekslar) hosil bo‘lish jarayoni sifatida qaraladi. G idroksokom plekslar [A1(0H) 4( H20 ) 2]-, [ Al ( OH) 6]3“, [Al (0H )5(H20 )]2~ ning mavjudligi tajribada isbotlangan; ulardan birinchisi — eng barqaror. Bu kompleksda aluminiyning koordinatsion soni 6 ga teng, ya’ni aluminiy olti koordinatsiyalangan hisoblanadi:

Al(OH)3— haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o'zaro ta’sirlashganda tarkibida aluminiy kationlari bor tuzlar hosil qiladi; ishqorlarning eritmalari (m oi miqdordagi) bilan o‘zaro ta’sir ettirilganda aluminatlar, ya’ni aluminiy anion tarkibiga kiradigan tuzlar hosil qiladi. Masalan:

                                       A1(0H)3+3H+=A13++3H20 A1(0H)3+0H-+2H20=[A1(0H)4(H20)2]-

Al(OH) 3 ning dissotsilanish tenglamasidan ko'rinib turibdiki, H+ ionlari mo‘l bo'lganda (ya’ni kislotali muhitda) suvdagi eritmada Al3+ ionlari ko‘p bo‘ladi, ishqoriy muhitda esa asosan bir zaryadli anion (A1(0H)4(H20 )2]“ hosil bo‘ladi, u eng barqarordir

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan