Aluminiyning fizik va kimyoviy xossalari uning texnikada keng ko'lamda ishlatilishiga sabab bo‘ldi.
Aluminiyning yirik iste’molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi: samolyotning 2 / 3 qismi aluminiy va uning qotishmalaridan, motorining 1/4 qismi esa aluminiy qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun aluminiy qanotli metall deyiladi. Aluminiydan kabellar va simlar tayyorlanadi: elektr o‘tkazuvchanligi bir xil bo‘lgani holda ularning massasi misdan yasalgan xuddi shunday buyumlarning massasidan 2 marta yengil bo‘ladi.
Aluminiyning korroziyabardoshligini e’tiborga olib undan apparatlaming detallari va nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Avtobuslar, trolleybuslar, yaxlit metall vagonlarning korpuslari aluminiydan va uning qotishmalaridan yasaladi. Aluminiydan oziqovqat mahsulotlari uchun o‘rov qog‘ozlar va idish-tovoq tayyorlanadi. Sayohatchi uchun eng yaxshi choynak — aluminiy choynak, chunki unda suv tez qaynaydi.
Aluminiy kukuni temir buyumlami korroziyalanishdan saqlash uchun ularga qoplanadigan kumushsimon bo‘yoq tayyorlashda asos hisoblanadi.
Metallar ishlab chiqarishda aluminiy temirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Metallurgiyada aluminiy ishlatiladigan eng muhim tarmoqlardan biri — uning yordamida metallarni oksidlaridan olishdir. Aluminotermiyani rus kimyogari N. N. Beketov kashf qilgan. Aluminotermiyada reaksiya juda tez ketadi, ko'p miqdorda issiqlik chiqadi, aralashmaning temperaturasi esa 3500°C ga yetadi. Bunday sharoitlarda qaytarilgan metall suyuq holatda olinadi, uning yuziga esa aluminiy oksid shlak holida qalqib chiqadi.
Ajralib chiqadigan issiqlik olinadigan temirning toiiq suyuqlanishi uchun batamom yetarlidir. Termitdan poiat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.
Aluminotermiya xrom, marganes, vanadiy, titan, sirkoniy va boshqa metallarni ularning oksidlaridan olishda, shuningdek, maxsus poiatlar olishda qoilaniladi.