D. I. Mendeleyev davriy sistemasining yonaki gruppachalari metallariga barcha J-elementlar kiradi. Bunday elementlar 10 ta: skandiy, titan, vanadiy, xrom, margenes, temir, kobalt, nikel, mis va rux gruppachalari. Bu yerda xrom gruppachasining va temir oilasining umumiy tavsifi ко‘rib chiqiladi.
VI gruppaning yonaki gruppachasini xrom Cr, molibden Mo va volfram W elementlari tashkil etadi. Xrom bilan molibden atomlarining tashqi energetik pog'onasida bittadan, volframnikida — ikkita elektroni bor; shu sababli bu elementlar bosh gruppacha elementlaridan farq qilib, metall xususiyatiga ega bo'ladi. Ular valent elektronlari soniga muvofiq +6 ga teng maksimal oksidlanish darajasini namoyon qiladi va R03 turidagi oksidlar hosil qiladi; bu oksidlarga umumiy formulasi H2R04 bo'lgan kislotalar muvofiq keladi. Kislotalarning kuchi xromdan volframga o'tgan sari qonuniyat bilan kamayib boradi. Bu kislotalarning ko'pchilik tuzlari suvda kam eriydi, faqat ishqoriy metallarning va ammoniyning tuzlarigina yaxshi eriydi.
Xrom gruppachasidagi elementlar +5, +4, +3, +2 oksidlanish darajalarini ham namoyon qiladi. Lekin bu elementlarga yuqori oksidlanish darajasidagi birikmalari eng xos, ular ko'p jihatdan oltingugurtning tegishli birikmalariga juda o'xshaydi. Xrom gruppachasidagi elementlar vodorod bilan birikmalar hosil qilmaydi.
Gruppachada tartib raqami ortib borishi bilan metallarning suyuqlanish temperaturasi kattalashadi. Volfram 3390°C da suyuqlanadi. Bu eng qiyin suyuqlanadigan metall. Shuning uchun undan elektr lampochkalarida cho'gianish tolalari tayyorlash uchun foydalaniladi.
Xrom gruppachasidagi metallar odatdagi sharoitda havo va suv ta’siriga juda barqarordir. Qizdirilganda kislorod, galogenlar, azot, fosfor, ko'mir, kremniy va b. bilan reaksiyaga kirishadi. Ularning boshqa metallar bilan hosil qilgan juda ko'p qortishmalari maium. Qotishmalari va metallarning o'zi — hozirgi texnika uchun ancha qimmatli materiallardir.
Fizik va kimyoviy xossalari jihatidan molibden bilan volfram bir-biriga o'xshaydi va xromdan qisman farq qiladi. Metallarning kimyoviy aktivligi xrom — molibden — volfram qatorida sezilarli darajada pasayib boradi.