Tabiatda uchrashi. Xrom turli xil minerallarda birikmalar holida uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan minerali xromit, (xromli temirtosh FeCr20 4), uning boy konlari Uralda va Qozogistonda bor. Xromning yer po'stlogidagi umumiy miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Xrom Quyoshda, yulduzlarda va meteoritlarda borligi aniqlangan.
Olinishi. Xrom metali xrom (III) oksidni qizdirib turib aluminiy bilan qaytarish orqali olinadi:
Cr20 3+2Al=Al30 3+2Cr
Xrom metali xrom birikmalarining suvdagi eritmalarini elektroliz qilish yo'li bilan ham olinadi.
Fizik xossalari. Xrom — kulrang-oq yaltiroq metall. Metallar orasida u eng qattig'i, uning zichligi 7,2 g/sm3, suyuql, t. 1855°C. Tabiiy xrom massa sonlari 50, 52, 53, 54 va 56 bo'lgan beshta izotopning aralashmasidan tarkib topgan. Radioaktiv izotoplari sun’iy yo‘l bilan olingan
Kimyoviy xossalari. Xrom atomining 3d- va 45- orbitallarida elektronlarning joylashuvini ushbu sxema bilan ko‘rsatish mumkin: Bundan ko‘rinib turibdiki, xrom birikmalarida +1 dan +6 gacha turli xil oksidlanish darajalarini namoyon qilishi mumkin; ulardan eng barqarori xromning oksidlanish darajasi +2, +3, +6 bo‘lgan birikmalaridir. Shunday qilib, kimyoviy bog‘lanishlar hosil bo'lishida faqat tashqi pog‘onaning elektronlari emas, balki tashqaridan ikkinchi pog‘onaning d- pog‘onachasidagi beshta elektron ham ishtirok etadi.
Aluminiyda bo‘lgani kabi xromning sirtida ham oksid parda Cr20 3 hosil bo‘ladi. Shuning uchun xrom suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalarda birdaniga emas, balki oksid parda erigandan keyingina eriy boshlaydi:
Cr + 2H+ = C r2+ + H2 T
Nitrat va konsentrlangan sulfat kislotalarda xrom erimaydi, chunki uning oksid pardasi puxtalashadi, ya’ni xrom passiv holatga o‘tadi. Tarkibida erigan kislorod bor suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar xuddi shu sababli xrom bilan reaksiyaga kirishmaydi. Xromning passivligini yo'qotish uchun metalining sirtini tozalash kerak. Yuqori temperaturada xrom kislorodda yonib, oksid Cr20 3 hosil qiladi. Cho‘g‘ holigacha qizdirilgan xrom suv bug‘lari bilan reaksiyaga kirishadi:
2Cr + 3H20 -> Cr20 3 + 3H2 t
Xrom metali qizdirilganda galogenlar, vodorod galogenidlar, oltingugurt, azot, fosfor, ko'mir, kremniy va bor bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:
Cr + 2H F = CrF2 + H2 T 2Cr + N 2 = 2CrN
2Cr + 3S = Cr 2S3 Cr + Si = CrSi