Xrom uchta oksid hosil qiladi: CrO, Cr20 3 va C r0 3.
Xrom (Il)oksid CrO — pirofor qora kukun (piroforlik — mayda tuyilgan holatida havoda o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi). Xrom amalgamasini havo kislorodi bilan oksidlash orqali olinadi. Suyultirilgan xlorid kislotada eriydi:
CrO+2H+= Cr2++ H 20
Havoda 100°C dan yuqorida qizdirilganda xrom (II) oksid xrom (III) oksidga aylanadi.
Xrom (II) xlorid CrCl2 ga ishqor eritmasi ta’sir ettirilganda xrom (II) gidroksid Cr(OH)2 sariq cho‘kma holida hosil bo‘ladi:
Cr2++ 20H ~ = Cr(OH)2
Cr(OH)2 asos xossalariga ega. Qaytaruvchi hisoblanadi. Qizdirilganda Cr20 3 ga aylanadi.
Xrom (II) ning barcha birikmalari ancha beqaror va havo kislorodi ta’sirida oson oksidlanib, xrom (III) birikmalariga aylanadi. Masalan:
2Cr(OH)2 + У2 0 2 + H20 2Cr(OH)3
X r o m (III) o k s i d Cr20 3 — yashil rangli, qiyin suyuqlanadigan kukun. Qattiqligi jihatidan komndga yaqin turadi. Shu sababli ujilvirlash vositalari tarkibiga qo‘shiladi. Yuqori temperaturada elementlarni biriktirish yo‘li bilan olinadi. Laboratoriyada xrom (III) oksidni ammoniy dixromatni qizdirish yo‘li bilan olish mumkin:
N H 4)2 Сг2 0 7 = СГ2 0 3 + N 2 t +4H 20
A120 3 kabi xrom (III) oksid ham amfoter xossaga ega, ishqorlar bifan birga suyuqlantirilganda xrom (III) birikm alari — xromitlar hosil bo‘ladi:
Cr20 3+2N a0H = 2N aC r02+H 20 natriy xromit
Agar har xil oksidlanish darajasida boigan xromning gidrok- +2 +2 +6 sidlari Cr(OH)2, Cr(OH)3 va H2 C r0 4 o‘zaro taqqoslansa, quyidagicha xulosa kelib chiqadi:
Oksidlanish darajasi ortishi bilan gidroksidlarning asos xossalari susayadi va kislota xossalari kuchayadi.
Cr(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, Cr(OH)3—amfoter, H2C r04 esa — kislota xossali.